Luganskdagi asirlar, UXXning maxsus amaliyoti, Mariupoldagi qarshilik. Urushning 50-kuni suratlari
14 aprel kuni Qora dengiz floti bayroqdor kemasi — «Moskva» raketa kreyseri cho‘kib ketdi, Ukraina tomoni bunga raketa zarbasi, RF mudofaa vazirligi esa bortda chiqqan yong‘in sabab bo‘lganini aytgan. DXR vakillari Mariupolda ukrain harbiylari asirga olinganini ma’lum qilgan, bu ma’lumotni keyinchalik Volodimir Zelenskiy ofisi ham tasdiqlagan. Bryansk va Belgorod oblastlaridagi aholi punktlari o‘qqa tutilmoqda — Rossiya bunda Ukraina armiyasini ayblamoqda. Buchada ichimlik suvi va gaz ta’minoti tiklandi. Ukraina Oliy Radasi bir necha qonunlarni qabul qildi: Rossiya bosqinini genotsid deb tan olish, Z va V ramzlarini taqiqlash va xorij fuqarolari Ukraina razvedkasi uchun ishlashi va mamlakat qurolli kuchlari safida uch yildan besh yilgacha xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qonunlar.

Ukrainadagi vaziyat. So‘nggi ma’lumotlar
- Jumaga o‘tar kechasi Kiyev atrofidagi hududlarga zarbalar berildi, Ukrainaning boshqa shaharlaridan ham portlashlar ovozlari haqida xabarlar kelgan. Ukrainaning butun hududi bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish signallari yangragan.
- MRB direktori Uilyam Byorns prezident Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda o‘zini qanoatlantiruvchi g‘alabaga erishishdan umid uzsa, Rossiya tomonidan taktik yoki kichik yadroviy qurollar qo‘llanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
- Rossiya armiyasi Xerson shahriga yo‘ldosh shahar Alyoshkini egallagan.
- Tunda Xerson oblastida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tgan, Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, besh nafar ukrain harbiysi to‘rt nafar rossiyalik harbiyga almashtirilgan.
- Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar mamlakat janubida mustahkam o‘rnashishga urinayotgani va dronlar orqali razvedka ishlari olib borayotganini ma’lum qilgan.
- AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yo‘l olishga tayyorligini ma’lum qildi.

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Felipe Dana


Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA

Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA


Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA

Anatoliy Jdanov / Kommersant’

Anatoliy Jdanov / Kommersant’

Anatoliy Jdanov / Kommersant’

AP Photo/George Ivanchenko

AP Photo/George Ivanchenko

AP Photo/Rodrigo Abd

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024