Buxoroda 3,5 magnitudali zilzila qayd etildi
Buxoro viloyati Peshku tumani hududida 17 aprel kuni soat 14:35 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 493 km janubi-g‘arbda. Zilzila koordinatalari: 40,43 gradus shimoliy kenglik; 63,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,5 ni, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan.
Bungacha O‘zbekistonda 1 aprel kuni 5 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
Mavzuga oid

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025