Xarkovga hujumlar va yong‘inlar davom etmoqda, Mariupol manzaralari dahshatli tus olmoqda. Urush suratlari
Urushning 52-kunida Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni cho‘kib ketgan «Moskva» kreyserining qutqarilgan ekipaji a’zolari bilan uchrashdi — unda yuzga yaqin dengizchilar qatnashganini ko‘rish mumkin, holbuki kemada bir necha yuz kishi bo‘lgan. Hozircha kema michmani halok bo‘lgani tasdiqlangan. Rossiya mudofaa vazirligi Mariupolni ukrainalik harbiylardan «tozalash» ishlari ketayotganini ma’lum qilgan — vazirlik versiyasiga ko‘ra, shaharda Ukraina armiyasining 2500 nafardan ortiq harbiysi qolmoqda, ular «Azovstal» zavodida qamalib qolgan. Rossiya tomoni ularga taslim bo‘lishni taklif etgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ularning o‘ldirilishi har qanday muzokaralarga nuqta qo‘yishini ma’lum qildi. Bu vaqtda Ukrainada zarbalar oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lishi davom etmoqda.

Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat. 16 apreldagi asosiy ma’lumotlar
- Rossiya mudofaa vazirligi «Moskva» kreyseri ekipaji a’zolarining Sevastopolda harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenov bilan uchrashuvi aks etgan kadrlarni tarqatdi. Rossiya hukumati hamon cho‘kib ketgan korablda qancha odam bo‘lgani va ularning qanchasi qutqarilib, qanchasi halok bo‘lgani haqida xabar bermagan. E’lon qilingan videoda safda 100 nafar atrofidagi dengizchi turganini ko‘rish mumkin, avvalroq turli manbalar kreyser ekipaji 500-700 kishi bo‘lganini xabar qilgandi.
- Mariupolda janglar davom etmoqda. Juma kuni rossiyalik harbiylar Ilich nomidagi metallurgiya kombinati egallanganini xabar qilgan, Reuters agentligi jurnalistlari korxona atrofida mahalliy aholi vakillarining jasadlariga guvoh bo‘lgan. Shanba kuni RF mudofaa vazirligi port rayoni ham qo‘lga olinganini ma’lum qildi, ammo Ukraina buni tasdiqlamagan. «Azovstal» zavodi majmuasi ukrain harbiylari nazoratida qolmoqda. Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya hududdagi ukrain harbiylariga taslim bo‘lishni taklif etgan va bu holda ularning hayoti saqlab qolinishini va’da qilgan.
- Shanba kuni RF armiyasi Ukraina hududiga, jumladan Kiyev, Lvov va Xarkovga zarbalar yo‘llashda davom etdi. Poytaxtda bir kishi halok bo‘lgan, Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tank zavodi korpusi vayron qilingan. Xarkovda zarbalar oqibatida besh qavatli ma’muriy bino vayron qilingan, 2 kishi halok bo‘lib, 18 kishi yaralangan. Lvovda, mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotlardan yo‘llangan to‘rtta qanotli raketani urib tushirgan.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urush boshidan buyon ukrainalik harbiylardan 2,5-3 ming nafari halok bo‘lganini tasdiqladi. Bungacha Ukraina armiyasidagi yo‘qotishlar to‘g‘risida bir oy oldin xabar berilgan, o‘shanda 1,3 mingdan ortiq qurbon haqida ma’lum qilingandi.
- Rossiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning hukumatining bir necha a’zosiga mamlakatga kirishni taqiqladi. Rossiya TIV bayonotida aytilishicha, bu chora Britaniya tomonidan Rossiyaga qarshi dushmanona harakatlarga (sanksiyalar va Ukrainaga harbiy yordamlar) javoban qo‘llangan.

Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA


Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Chris McGrath / Getty Images

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA


Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Anatoliy Jdanov / Kommersantx

(AP Photo/Felipe Dana

AP Photo/Alexei Alexandrov

Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Alexei Alexandrov

AP Photo/Rodrigo Abd

Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024