Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga hokim tayinlandi. Chiroqchi tumanida ham hokim o‘zgardi
Chiroqchi tumani hokimi yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Chiroqchi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Jo‘rayev Xurram Abduroziqovich Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etilib, Ko‘kdala tumaniga hokim etib tayinlandi.
Xurram Jo‘rayev 2019 yil oktyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Chiroqchi tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Chiroqchi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguncha Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Chiroqchi tumanining aholisi ko‘pligi va hududi kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga bo‘lish va uning bir qismida Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini bildirgandi.
2022 yil 17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va uning tegishli qarori qabul qilingandi.
Mavzuga oid

18:33 / 18.07.2025
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

12:17 / 19.06.2025
Qashqadaryoda kombayn ichiga tushib ketgan uch yoshli bola shifoxonaga yotqizildi

17:14 / 11.06.2025