Jahon | 15:16 / 21.04.2022
41959
6 daqiqa o‘qiladi
Xarkovda janglar, Kiyevda dafnlar davom etmoqda, odamlar Gostomelga qaytmoqda. Urush suratlari
Urushning 56-kuni o‘tdi. Mariupolda rossiyaparast kuchlar «Azovstal»ni qamal qilmoqda. Kiyevs oblastining ozod qilingan shahar va qishloqlarida elektr ta’minoti tiklanmoqda. Xarkov oblastida janglar ketmoqda.

Dario Pignatelli/European Council via AP
Urushning 56-kunidagi asosiy voqealar
- Chorshanba kuni Ukraina hukumatining Mariupoldan 6 ming tinch aholi vakilini evakuatsiya qilish bo‘yicha rejasi amalga oshmadi, Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning ma’lum qilishicha, faqat bir necha o‘nlab kishilar mustaqil ravishda shaharni tark etib, Zaporojye tomonga o‘tgan. Rossiya hukumati gumanitar amaliyot barbod bo‘lishida Ukraina tomonini ayblagan;
- Yetakchi davlatlar, jumladan AQSh va Yevroittifoq davlatlari moliya vazirlari Vashingtonda «Katta yigirmatalik» yig‘ilishi chog‘ida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov chiqish qilayotganida zalni tark etib, Rossiyaning Ukrainadagi «harbiy amaliyoti»ga norozilik ifoda etishdi;
- Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati agar sanksiyalarga qo‘shilsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘la olmasligini aytdi. U Turkiyada Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha taklif hamon o‘z kuchida ekanini ta’kidladi;
- Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Kiyevga kutilmagan tashrif bilan kelib, tvitter sahifasida «Erkin va demokratik Yevropa yuragida bo‘lgani» haqida yozdi. Zelenskiy Yevrokengash rahbariga «foydali uchrashuv» uchun minnatdorchilik bildirgan va bu tashrif davomida Rossiya bilan munosabatlardagi yangi sanksiyalar, Ukrainani harbiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etilganini aytgan.
- Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda «Rossiya - imkoniyatlar mamlakati» tashkilotining kuzatuv kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi, u yig‘ilish davomida Rossiya tez orada Donbassda o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishini ta’kidladi, shuningdek yana bir bor Rossiyaning «harbiy amaliyot»dan maqsadi Ukraina sharqidagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «respublikalar»ga yordam berish ekanini aytdi.
Quyida 20 aprel kuni Ukrainada olingan asosiy suratlar.
Kiyev oblasti

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Alexey Furman / Getty Images

AP Photo/Emilio Morenatti

AP Photo/Emilio Morenatti

AP Photo/Efrem Lukatsky
Nikolayev

Vincenzo Circosta / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Anastasia Vlasova / Getty Images
Xarkov

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA


Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024