Mariupoldan omon chiqqanlar, Xarkovda to‘xtamayotgan yong‘inlar. Urush suratlari
Urushning 57-kunida Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda kutilmaganda «Azovstal» zavodi qamalini bekor qildi - bu yerda ukrain armiyasining shahardagi so‘nggi qismlari mudofaalanmoqda. Mariupol rasmiylari Mangush qishlog‘ida shaharning «minglab» aholisi ommaviy qabrlarga ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Jahon bankiga ko‘ra, Ukrainadagi binolar va infratuzilmalarga yetkazilgan zarar miqdori 60 milliard dollarni tashkil etadi.

«Azovstal» zavodi ko‘rinishi. Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Ukrainadagi vaziyat. So‘nggi ma’lumotlar
- Ukraina bosh shtabining ertalabki ma’lumotlarida rossiyaliklar Donbassdagi Ukraina qurolli kuchlariga hujum qilish uchun Izyumdan janubga tomon siljishga urinayotgani aytilgan.
- Ukraina hukumatining tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar Mariupolda halok bo‘lgan tinch aholi vakillarini ommaviy qabrga ko‘mish uchun shahardan 20 km g‘arbda joylashgan Mangush qishlog‘iga olib ketmoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarda bu qishloqda uzun xandaq qazilganini ko‘rish mumkin.
- Amerika davlatlari tashkiloti Ukrainaga hujum uchun Rossiyani doimiy kuzatuvchi maqomidan mahrum etdi.
- Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatni tiklash uchun kamida 600 mlrd dollar talab etilishi, hozir va yaqin yarim yillikda esa oyiga 4-5 mlrd dollar miqdorida yordam kerakligini aytdi.
- «Azov» qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamar BBC uchun intervyusida ukrain jangchilari qurshovdagi «Azovstal»dan faqat qurol bilan chiqishi mumkinligi, u yerdagi yuzlab tinch aholi vakillari evakuatsiyasi uchun uchinchi davlat vositachiligi va kafolati kerakligini aytgan.
Quyida 21 aprel kuni Ukrainada olingan asosiy suratlar.
Mariupol

Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA

Anatoliy Jdanov / Kommersant’

Satellite image ©2022 Maxar Technologies via AP
Xarkov, rossiyalik harbiylar zarbalaridan keyingi yong‘inlar

Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Nikolayev

Anastasia Vlasova / Getty Images

Anastasia Vlasova / Getty Images
Zaporojye. Mariupoldan kelgan qochqinlar

Leo Correa / AP / Scanpix / LETAiye

Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti. Okkupatsiyadan keyin

Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Aleksey Filippov / AFP / Scanpix / LETA

AP Photo/Efrem Lukatsky

AP Photo/Petros Giannakouris

Alexey Furman / Getty Images

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024