Odessaga hujum, metrodagi Zelenskiy va erining jasadini izlayotgan ayol. Urush suratlari
Urushning 59-kunida Odessaga Rossiya raketalari kelib tushdi - sakkiz kishi halok bo‘lgan, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Odamlar Ukraina shaharlaridan evakuatsiya bo‘lish yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi metro bekatida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Ukrainadagi urush: so‘nggi ma’lumotlar
- Odessada turar joy kvartaliga raketa zarbasi kelib tushdi. Rossiya shahar hududiga raketa yo‘llangani faktini tasdiqlagan, ammo G‘arb qurollari saqlanuvchi logistik terminalga zarba yo‘llanganini aytgan;
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, jumladan uch oylik bola ham;
- Shanba kuni Zelenskiy Kiyevdagi metro bekatlaridan birida matbuot anjumani o‘tkazdi. U qanday holatlarda Ukraina Rossiya bilan muzokaralardan chiqishini ma’lum qildi: agar «Mariupoldagi odamlarimiz o‘ldirilsa» yoki bosib olingan hududlarning birortasida referendum e’lon qilinsa;
- Shuningdek, Zelenskiy yakshanba kuni Kiyevga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin tashrif buyurishini anons qildi;
- Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilish yana barbod bo‘ldi. Ukraina hukumati bunga rossiyalik harbiylarning harakatlari sabab bo‘lganini bildirgan. DXR kuchlari esa bunda «Azovstal» zavodi himoyachilarini ayblagan.
- Lugansk oblastida otishmalar davom etmoqda, Donetskda - tutashuv chizig‘ida faol harbiy harakatlar kechmoqda, Mariupolga - aviatsiya zarbalari berilmoqda. Dnepropetrovsk oblastida temiryo‘l infratuzilmasi va sanoat korxonalariga uchta raketa zarbalari kelib tushdi. Bir kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda. Xarkov oblastida tun bo‘yi otishmalar davom etgan, uch kishi jabrlangan. Xerson oblastida gumanitar halokat yoqasida turgan aholi punktlarini o‘qqa tutish davom etmoqda.
Quyida Ukrainada 23 aprel kuni olingan asosiy suratlar:
Odessa

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Max Pshybyshevsky / AP / Scanpix / LETA
Zaporojye oblasti

Chris McGrath / Getty Images

Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

John Moore / Getty Images

Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Anatoliy Jdanov / Kommersant’

Petr Kovalev / TASS
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024