Uzbekistan Airways Toshkent va Batumi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Gruziya hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish uchun yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni davom etmoqda.

Foto: Kun.uz
2022 yil 21 maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Batumi – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi.
Toshkentdan kurort shaharga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- chorshanba kunlari, Toshkentdan uchish: 14:30, Batumiga qo‘nish: 17:15, Batumidan uchish: 18:45, Toshkentga qo‘nish: 23:00;
- shanba kunlari, Toshkentdan uchish: 06:35, Batumiga qo‘nish: 09:20, Batumidan uchish: 10:50, Toshkentga qo‘nish: 15:05.
Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etish kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak (amal qilish muddati 72 soat). Test oldindan tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Toshkent – Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Batumi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil o‘rtalaridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Tbilisi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid

10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi

09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi

09:20 / 07.10.2024