Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kriptoaktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi

Foto: Getty Images
Prezident farmoni bilan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.
Quyidagilar agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
- kriptoaktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.
Agentlik kriptoaktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi kriptoaktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.
“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:
- maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi;
- maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
Agentlik direktori Dmitriy Romanovich Li qayta tashkil etilgan agentlik direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

12:05 / 06.01.2025
Buxoroda 34 milliardlik kriptoaktivlarni aylantirgan o‘smirga ochilgan jinoyat ishi tugatildi

08:17 / 29.11.2023
O‘zbekistonda «Tartibga solish qumdoni»ni joriy etish tartibi belgilandi

08:20 / 03.08.2022
Kriptoaktivlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdori belgilanmoqda

07:31 / 30.11.2021