«Azovstal»dan tinch aholi olib chiqilmoqda, ukrainlar otalari va bolalarini xotirlamoqda. Urush suratlari
Urushning 67-kuni o‘tdi. Donbassda janglar davom etmoqda. AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kiyevga tashrif buyurib, Ukrainani qo‘llab-quvvatladi. Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududini tark etganlar evakuatsiya punktlarida yaqinlari bilan uchrashmoqda. Kiyev oblastidagi bolalar halok bo‘lgan ota-onalarini dafn etishmoqda.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
- 1 may kuni Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan 100 nafarga yaqin tinch aholi evakuatsiya qilindi. Bugun, 2 may kuni evakuatsiya BMT va Qizil Xoch tashkiloti ko‘magida davom etishi kerak. Odamlarni olib chiqish uchun Mariupoldan ketadigan evakuatsiya karvoniga chiqish uchun ikkita qo‘shimcha joy kelishib olindi. Bu Berdyansk yaqinidagi Mangush qishlog‘i va Lunachar halqasi.
- Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashining energetika masalalari bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi ham bugun bo‘lib o‘tadi, unda asosiy mavzu Kreml talab qilganidek, Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirish bo‘ladi.
- Bank asoschisi, tadbirkor Oleg Tinkovning ta’kidlashicha, urushni qoralagan postidan keyin Rossiya hukumati uni Tinkoff bankidagi 35 foiz ulushini sotishga majburlagan va milliylashtirish bilan tahdid qilgan.
- Rossiyadagi Katta (Bolshoy) teatr Kirill Serebrennikovning «Nureyev» baleti va Timofey Kulyabinning «Don Paskuale» operasini bekor qildi. Sabablari haqida xabar berilmagan. Ikkala rejissyor ham Ukrainadagi harbiy amaliyotga qarshi chiqqan.
- Yakkalik bahslarida dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, britaniyalik Endi Marrey Rossiya va Belarus tennischilarining Uimbldon tennis turnirida ishtirok etmasligini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.
- Aktrisa va BMTning yaxshi niyat elchisi Anjyelina Joli Lvov oblastining Borislav shahriga yetib keldi. Borislavda u Lugansk oblastidan evakuatsiya qilingan bolalar istiqomat qiladigan «Garmoniya» reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Quyida 1 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev oblasti

Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA


Mariupol

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli


Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporojye

Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Energodar

AP / Scanpix / LETA
Lvov


Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024