Kiyevdagi miting va Meksikaga borgan ukrain qochqinlari. Urush suratlari
Rossiya bosqinining 69-kunida Zaporojyega Mariupoldan, shu jumladan «Azovstal» kombinati hududidan evakuatsiya qilinganlar yetib keldi. Shu bilan bir vaqtda rossiyalik harbiylar «Azovstal»ga zarbalar berishni davom ettirmoqda (u yerda hali ham tinch aholi vakillari bor). RF mudofaa vazirligi buni ukrain harbiylari sukunat rejimidan foydalangan holda o‘t ochish nuqtalariga chiqishgani bilan izohlagan. Ukrainaning qator regionlariga raketa zarbalari berildi: Lvovda uchta elektr podstansiyasi o‘qqa tutildi, Kirovogradsk, Dnepropetrovsk va Karpatorti oblastlarida — temiryo‘l infratuzilmalariga zarbalar berilgan.

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- O‘tgan tunda Ukrainaning bir qancha oblastlarida aholi punktlarini minomyotlar va raketalar bilan o‘qqa tutish davom etdi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, seshanba kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Ukrainaning turli hududlari bo‘ylab «20 ga yaqin» qanotli raketalar uchirgan va kamida beshta temiryo‘l stansiyalarini nishonga olgan.
- Prezident Volodimir Zelenskiy shaharlarga yo‘llanayotgan zarbalar soni ortayotganiga munosabat bildirib, Rossiya shu tariqa «ojizlarcha qasd olayotgani»ni aytdi.
- Britaniya harbiy razvedkasi xabar berishicha, Rossiya qo‘shinlari Izyum janubida Kramatorsk va Severodonetskka yurish qilish uchun qayta guruhlanmoqda, ammo hozircha ukrainlar mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti.
- Yevroittifoq chorshanba kuni Rossiya neftiga embargo kiritish muddati bo‘yicha aniq qarorga kelishi kutilmoqda.
- Mariupoldagi «Azovstal» kombinati hududiga hujumlar tunda ham davom etgan.
- Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Popasnaya uchun janglar davom etayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar o‘tgan kun davomida shaharga shturm bilan kirishga uringan. Popasnaya uchun mart oyidan buyon shiddatli janglar olib borilmoqda.
- Belarus qurolli kuchlarida «javob qaytarish kuchlarini to‘satdan tekshirish» boshlandi. Ushbu keng qamrovli tekshiruvning maqsadi «xodimlarning inqirozli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lganda tez javob berishga tayyorligi va qobiliyatini baholashdir».
Krivoy Rog

John Moore / Getty Images

John Moore / Getty Images
Chernigov oblasti

Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev shahri va Kiyev oblasti

Anastasia Vlasova / Getty Images

Severodonetsk

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Mariupol


Lvov


Leon Neal / Getty Images

Andrii Gorb / Reuters / Scanpix / LETA

Leon Neal / Getty Images
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024