Yuziga bo‘yoq chaplangan Rossiya elchisi va Xarkov atrofida qolgan rus askarlari. Urush suratlari
Urushning 75-kuni o‘tdi. Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani keng nishonladi - Qizil maydonda parad o‘tkazildi, Vladimir Putin butun nutqini Ukrainaga bosqinni oqlashga bag‘ishladi. Butun mamlakat bo‘ylab «bog‘cha bolalari paradlari»va bolalar ishtirokida turli aksiyalar o‘tkazildi. «O‘lmas polk» marshlarida Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan askarlarning qarindoshlari ham ishtirok etdi. Ukraina YeI a’zoligiga nomzod maqomini olish uchun so‘rovning ikkinchi qismini topshirdi. Odessa shahri va Odessa oblasti rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi davom etmoqda.

AP Photo/Maciek Luczniewski
Ukrainada urush. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar
- Ukraina bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Izyum atrofidagi janglarda tanaffus yuzaga kelgan. Shu bilan birga Severodonetskdan shimol va janubdagi hududlar uchun janglar davom etmoqda: rossiyaliklar mudofaani yorib o‘tish va keyin Liman hamda Severodonetskni egallash uchun harakat qilmoqda. Janubroqda, Donetskka yaqin hududlarda ham harbiy harakatlar olib borilmoqda.
- AQSh Kongressidagi Demokratik partiya vakillari Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketi bo‘yicha kelishib olishdi, bu masala yaqin kunlarda ovozga qo‘yilishi mumkin.
- Yaponiya rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi, unga yana 70 kompaniya va 130 dan ortiq kishi, jumladan bosh vazir Mixail Mishustin, «Almaz-Antey» konserni va «Takticheskoye raketnoye voorujyeniye» korporatsiyasi ham qo‘shilgan.
- Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi 9 may kuni Odessaga, xususan savdo markazi va keng iste’mol mollari saqlanadigan omborxona raketa zarbalari kelib tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangani to‘g‘risida xabar berdi.
- Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 12 foizga qisqarishini kutmoqda, bu 1994 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu haqda Moliya vazirligining ichki prognozida aytiladi. Agar prognoz amalga oshsa, agentlik manbasi ta’kidlashicha, bu Rossiya iqtisodiyotining so‘nggi o‘n yildagi o‘sishini yo‘qqa chiqaradi.
Quyida 9 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:
Mariupol

Kiyev

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Efrem Lukatsky

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti

AP Photo/Felipe Dana

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Felipe Dana

Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

AP Photo/Felipe Dana
Donbass shimoli

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Chris McGrath / Getty Images

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Evgeniy Maloletka

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024