O‘zbekiston Qozog‘istonga 1,3 ming tonna yeryong‘oq yetkazib berdi
O‘zbekiston 3 oyda 23 ta davlatga yeryong‘oq eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 23 ta davlatga qiymati 6,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,8 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
Qayd etilishicha, yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 1,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Ozarboyjon – 1,2 ming tonna;
- Rossiya – 572 tonna;
- Xitoy – 523 tonna;
- Afg‘oniston – 423 tonna;
- Turkmaniston – 414 tonna;
- Pokiston – 325 tonna;
- Niderlandiya – 190 tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston un importi hajmini oshirgani xabar qilingandi.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi – 91,2 ming tonna.
Mavzuga oid

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025