Ayrim shaxslarni o‘z hisobidan gepatitga skrining tekshiruvidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

Foto: Picture Alliance
Prezident “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
2022 yil 1 iyuldan boshlab har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolashni 10,5 ming nafargacha yetkaziladi;
2022 yil 1 sentabrdan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida (Fohishalik bilan shug‘ullanish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri 2022 yil 1 noyabrga qadar ishlab chiqilishini, shuningdek, kelgusida uning texnik va dasturiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi;
- 2023 yil 1 yanvarga qadar reyestrni yuritishni qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qilib, ularning o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yadi;
- 2022 yil 1 iyuldan boshlab Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratilishini ta’minlaydi;
- davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlarini takomillashtiradi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.
Mavzuga oid

08:40 / 18.03.2025
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

22:48 / 03.12.2024
Toshkentdagi bir qator maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi

18:21 / 18.10.2024
Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot

15:28 / 07.10.2024