Namanganda o‘quv mashinasi ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati
Namangan viloyati hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida harakatlanib ketayotgan Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda Gentra haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyida olingan suratlarda YTH ishtirokchisi bo‘lgan Cobalt avtomaktabning o‘quv mashinasi ekanini ko‘rish mumkin.


Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025