Kiyevda uylar tiklanmoqda, Xarkovda metro odatiy rejimga qaytmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 86-kuni o‘tmoqda. Rossiya Xarkov atrofidan butunlay ketgan - shahar odatiy hayot tarziga qaytmoqda: o‘tgan vaqt mobaynida bombapanagoh vazifasini o‘tagan metro keyingi haftadan shtat rejimida ishlay boshlaydi. Kiyev oblastida aholi o‘z uylarini tiklashga kirishgan. Ukrainada yana ikki rossiyalik harbiyni sud qilish boshlandi - ular Xarkov oblastini artilleriyadan o‘qqa tutishda ayblanmoqda.

Russian Defense Ministry Press Service via AP
Ukrainadagi urush, so‘nggi ma’lumotlar
- AQSh Senati Ukrainaga moliyaviy yordam sifatida 40 mlrd dollar ajratishni ma’qulladi;
- Oq uy Rossiyaning Qora dengizdagi blokadani yengib o‘tish uchun Ukrainaga kemalarga qarshi raketalar yetkazib berish ustida ishlamoqda. Gap ishlab chiqaruvchisi Boeing bo‘lgan Harpoon hamda Kongsberg va Raytheon Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan NSM (Naval Strike Missile) raketalari haqida ketmoqda;
- Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilishi haqida xabar qildi. Britaniya Ukrainaga uzoq masofaga otuvchi artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar yuboradi.
- Kiyevda rossiyalik 21 yoshli serjant Vadim Shishimarin ustidan ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. U Sumi oblastida 62 yoshli tinch aholi vakili Aleksandr Shelipovni o‘ldirishda va Urush qonunlari va urf-odatlarini buzishda ayblanmoqda. U aybiga iqror bo‘lgan, prokuror uning umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishini so‘ragan.
- Ukraina qurolli kuchlari «Regionlar partiyasi» vakili, sobiq prezident Viktor Yanukovichga yaqin bo‘lgan sobiq deputat Oleg Tsarevning ukasi qo‘lga olinganini xabar qildi. U qo‘poruvchilik harakatlari tayyorlashda ayblanmoqda.
- Rajab Erdo‘g‘an Turkiya NATOni Shvetsiya va Finlandiyaning a’zoligiga «yo‘q» deyishini ma’lum qilganini bildirdi. Ammo NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans a’zolari Shvetsiya hamda Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Finlandiyani bir ovozdan qabul qilishiga shubha qilmayotganini aytmoqda.
Quyida 19 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkov oblasti

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Dnepropetrovsk oblasti

Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Francisco Seco

AP Photo/Francisco Seco

AP Photo/Alexei Alexandrov
Kiyev oblasti

Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA

Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024