Toshkentda Istiqlol ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopildi
Joriy yilning 25 may kuni Tashkent Opera Fest doirasida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiriga bag‘ishlangan simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu tadbir sababli Istiqlol ko‘chasining «Bahor» restorani oldidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtotransport harakati uchun soat 6:00 dan 23:00 ga qadar yopiladi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldin «Samarqand darvoza» majmuasi yonidagi chorrahada transport harakati qisman cheklanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:42 / 25.05.2022
Foto: Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

23:09 / 24.05.2022
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami bilan tabrikladi

22:11 / 22.05.2021
Qirg‘izistonda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini onlayn o‘tkazish tavsiya etildi

22:28 / 25.05.2020