Zarbalar ostida qolgan donbassliklar va odatiy hayotga qaytayotgan buchaliklar. Urush suratlari
Urushning 91-kunida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rossiyalik harbiylar Lisichanskka kirganini ma’lum qildi. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning xabar qilishicha, oblast hududining atigi 5 foizi Ukraina nazoratida qolmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan viza rejimi joriy etish g‘oyasini ma’qulladi. Zaporojye oblastining rossiyalik harbiylar nazoratidagi qismida Rossiya pasportini tarqatishga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi. Vladimir Putin urush boshidan buyon ilk bor rossiyalik yarador harbiylarni ko‘rish uchun hospitalga tashrif buyurdi.

Ukrainadagi urushning 92-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar
- Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Severodonetsk uchun jang boshlashga tayyor. Shahar deyarli qurshab olingan, unga olib boruvchi asosiy yo‘llar doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
- Zaporojye rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida kinoteatr, kafe, o‘nlab xususiy uylar, o‘rta va kichik biznes imoratlari vayronaga aylangan, bir ayol halok bo‘lgan. Chorshanba kuni Krivoy Rog va Pokrovsk shaharlariga ham zarbalar yo‘llangan.
- Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass rossiyaliklar yetakchisi bilan «yarashish» xavfli ekani, uning mag‘lubiyatini ta’minlash lozimligini aytib, yevropalik hamkasblarini Ukrainaga ko‘proq qurol berish hamda Rossiya bilan munosabatlardagi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
- Yevroittifoq, AQSh va Britaniya Rossiyaning Ukrainada sodir etgan harbiy jinoyatlarini tekshirish bo‘yicha maxsus xalqaro guruh tashkil etdi.
- AQSh Davlat departamenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Zaporojye va Xerson oblastlarining rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgan qismidagi ukrainlarga Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonini qoraladi.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hukumatga Rossiya fuqarolarining Ukrainaga kirishida viza rejimini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqishga topshiriq berdi.
Quyida 25 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan fotosuratlar.
Donbass shimoli


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA






Xarkov oblasti

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti

AP Photo/Natacha Pisarenko


Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024