Donbass shimolida janglar, Xarkov atrofida kungaboqar ekayotgan fermerlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 95-kuni boshlandi. Donbass uchun janglar davom etmoqda: RF mudofaa vazirligi Liman shahri to‘liq nazoratga o‘tganini e’lon qilgandi, ammo Ukraina hukumati buni rad etmoqda. Baxmut - Lisichansk trassasi rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Donbass shimolidagi aholi turar joylari va fuqarolik obektlari jiddiy shikastlangan.

Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Severodonetsk ostonasida qaqshatqich janglar davom etmoqda, Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday shahar hamon Ukraina nazoratida qolayotgani, rossiyalik harbiylar shahar tashqarisidagi «Mir» mehmonxonasi hududidan oldinga o‘ta olmayotgani va jiddiy yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lum qilgan;
- Ukraina Donetsk oblastidagi Liman shahri Rossiya harbiylari tomonidan egallangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan va shahar uchun janglar davom etayotganini bildirgan;
- Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols rossiyaliklar prezidenti bilan qariyb bir yarim soat davom etgan telefon muloqotida Vladimir Putindan Mariupoldagi «Azovstal» zavodida asirga tushgan 2500 nafar ukrain harbiysini ozod etishni talab qildi. Shuningdek, ular Putinni «ukrainlar prezidenti bilan jiddiy muzokaralar boshlash hamda mojaroni hal qilishning diplomatik yechimini topish»ga chaqirishdi;
- Putin harbiy xizmat o‘tash haqidagi dastlabki shartnomani tuzish uchun yosh chegarasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi; endi qonun kuchga kirib, 40 yoshdan katta bo‘lganlarni ham urushga yollash mumkin bo‘ladi. Bu qaror Rossiya armiyasi shaxsiy tarkibda o‘tkir yetishmovchilikka uchrayotganining navbatdagi belgisi bo‘ldi;
- Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisova asirlikdan qaytgan ukrain harbiylari joylashtirilgan shifoxonada bo‘lgach, ular asirlikda qiynoqlar va kamsitishlarga duchor bo‘lishgani haqida aytdi. Denisovaning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa Ukraina armiyasi zobitlari va «Azov» jangchilariga nisbatan o‘ta beshafqatlik bilan munosabatda bo‘lishgan;
- Ukraina kemalarga qarshi Harpoon raketalarini qabul qilib oldi. Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Bratchuk telegram-kanalida shunday yozdi: «Bizga shuncha «garpun»ni Rossiya Qora dengiz flotini to‘liq cho‘ktirib yuborishimiz uchun yuborishdi. Nega ham bunday bo‘lmasin?»
Quyida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.
Chernigov

Donbass shimoli

Valentin Sprinchak / TASS

Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA


Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA



AP Photo/Francisco Seco


Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Xarkov oblasti

AP Photo/Bernat Armangue

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

AP Photo/Bernat Armangue

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024