Rus texnikalarini o‘zlashtirayotgan ukrainlar, harbiy libosdagi ruhoniy. Urush suratlari
29 may kuni Kiyevda shaharga asos solinganiga 1540 yil to‘lishini nishonlashdi. Poytaxt markazidagi Mixaylovskoye maydonida kiyevliklar uchun Rossiya armiyasining yakson etilgan texnikalari namoyishi o‘tkazildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkov oblastiga tashrif buyurdi — bu uning urush boshidan buyon ilk bor Kiyev oblastidan tashqariga chiqishidir. Shu kuni — tashrif vaqtida yoki undan keyin ekani ma’lum emas — Xarkov yana rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutildi. Mariupol shahar kengashi deputati Aleksandr Lashinning so‘zlariga ko‘ra, shahar issiq va ko‘chalarda suv toshishi tufayli epidemiya yoqasiga kelgan, rossiyalik harbiylar suv ta’minotini yo‘lga qo‘yishga urinish chog‘ida suv toshirib yuborishgan.

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Urushning 95-kunida Severodonetsk uchun janglar shiddatli tus oldi. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar ko‘chalarida rossiyalik harbiylar bilan janglar boshlanib ketgan. Bu vaqtda Rossiyadagi ayrim manbalar Severodonetsk egallangani haqida xabar tarqatmoqda.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkov oblastida amaldorlar va harbiylar bilan uchrashdi. Tashrifdan keyingi videomurojaatida prezident Ukraina xavfsizlik xizmatining Xarkov oblasti bo‘yicha boshqarmasi rahbari Roman Dudinni ishdan olganini ma’lum qildi, Dudin endi tergov qilinadi.
- Yevroittifoq vakillari hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yish masalasida kelisha olmayapti, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi shunga bog‘liq. Ular 30 may kuni, Yevroittifoqning navbatdagi sammiti arafasida yana shu masalani muhokama qilishadi.
- Ukrainalik chegarachilar Sumi va Chernigov oblastlari hududi Rossiyadan turib o‘qqa tutilgani haqida xabar berishgan. Yakshanba kuni Nikolayev oblastida berilgan zarbalar oqibatida kamida bir kishi, Donetsk oblastida - uch kishi halok bo‘lgan. Rossiya harbiylari Krivoy Rogga ham raketa yo‘llagan.
- AQSh Ukrainaga M777 gaubitsalarining navbatdagi partiyasini, Polsha esa 18 ta KRAB rusumli o‘ziyurar gaubitsalarni jo‘natdi.
Quyida 29 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkov oblasti

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Bernat Armangue

AP Photo/Bernat Armangue

AP Photo/Bernat Armangue

AP Photo/Bernat Armangue
Odessa

Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA
Mariupol

Kiyev


Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA

Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA


Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024