Jahon | 12:50 / 02.06.2022
38790
5 daqiqa o‘qiladi
Donbassdagi janglar va shaharlar o‘qqa tutilishi. Urush suratlari
Urushning 98-kuni o‘tdi. Rossiya qo‘shinlari Donbassda yurishini davom ettirmoqda, Slavyansk, Kramatorsk va Lisichansk ham xavf ostida. Ukraina poytaxtida yangragan bayonotlarga ko‘ra, rossiyaparast kuchlar Severodonetskning 80 foizini egallab bo‘lishgan, shahar ko‘chalarida janglar ketmoqda.

AP Photo/Jacquelyn Martin
Ukrainadagi urushning 99-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
- Ukrainlarning Xerson atrofidagi qarshi hujumlari to‘xtab qolgan. Vashingtondagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, ukrain kuchlari Xerson oblasti shimolidagi hududlarda joylashgan rossiyalik harbiylar ta’minoti uchun foydalaniladigan asosiy yo‘llardan birining atrofidagi pozitsiyalarni egallashgan.
- Severodonetskda janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki axborotida rossiyalik harbiylar shaharda «shturm harakatlari»ni davom ettirayotgani aytilgan.
- Jo Bayden ma’muriyati ukrain harbiylariga MQ-1 Predator droni modifikatsiyasi bo‘lgan MQ-1C Gray Eagle uchuvchisiz uchish qurilmalaridan to‘rt donasini yetkazib berishi mumkin. Bu rasmiy bayonot emas, ammo bu to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Ukraina armiyasi xususiyatlariga ko‘ra «Bayraktar»lardan ham afzalroq bo‘lgan to‘rtta dronga ega bo‘ladi.
- Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, barcha yo‘nalishlarda katta miqdorda uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘qotilgani tufayli Rossiya jang maydonida hatto FVVga tegishli dronlarni ham qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
- Lugansk oblasti ustidan nazoratni mustahkamlash va harbiy harakatlarni Donetsk oblastiga ko‘chirish uchun Rossiya armiyasi tabiiy to‘siq bo‘lgan Shimoliy Don daryosini kechib o‘tish zarur hisoblanadi. Daryodagi asosiy kechuv joylari Severodonetsk va Lisichansk shahri o‘rtasida hamda yaqinda egallab olingan Limanda joylashgan. Ammo ukrainlar armiyasi daryo sohillarini nazorat qilishda va ko‘priklarni portlatishda davom etmoqda.
Quyida 1 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.


Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images




Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Dmytro Smolenko / Reuters / Scanpix / LETA

AP Photo/Andriy Andriyenko
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024