Haydarov hibsdaligi paytida 26ta hujjatni hokimlik xodimi imzolagani ma’lum bo‘ldi
Andijon shahri hokimligi devonxonasi mudiri hibsdagi hokimning elektron raqamli imzosi yordamida 26ta qaror va farmoyishga uning nomidan imzo chekkan. Viloyat adliya boshqarmasi holat yuzasidan prokuraturaga xabar berilishini ma’lum qildi.

Illyustrativ foto: Adliya vazirligi
Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarovning 6 va 7 iyun kunlari qabul qilgan qaror va farmoyishlarning qonuniyligi o‘rganilmoqda. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi ma’lum qildi.
Avvalroq Kun.uz xabar berganidek, hokim 6 iyun kuni qo‘lga olinib, 7 iyunda sud ajrimi bilan qamoqqa olingan, shu ikki kun davomida u tomonidan imzolangan deya ko‘rsatilgan 26ta hujjat E-qaror tizimiga joylashtirilgan.
Adliya organining o‘rganishicha, 6 iyun kuni soat 9:43 va 21:18 oralig‘ida hamda 7 iyun kuni 18:10 va 21:07 oralig‘ida hokimlik devonxonasi mudiri S.Qodirjonov hokim Haydarovga tegishli elektron raqamli imzodan foydalangan holda “E-qaror” platformasida 26 ta qaror va farmoyishni imzolagan.
Adliya vazirligi ko‘rsatmasiga asosan, Haydarovning “E-qaror” elektron tizimidagi shaxsiy kabineti “Uzinfocom” MChJ mutaxassislari tomonidan bloklandi.
“Ushbu jarayonda hujjatlarni soxtalashtirish ehtimoli borligini inobatga olib, tegishli materiallar prokuratura organlariga yuboriladi. Har bir qabul qilingan qarorning qonuniyligi o‘rganib bo‘lmaguncha, ularni ijroga qaratish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan tegishli ijrochi organlarga xabarlar berildi”, – deyiladi Andijon viloyati adliya boshqarmasi axborotida.
Eslatib o‘tamiz, Bahrom Haydarov avvalgi lavozimi – Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida jinoiy sheriklari bilan budjetning 48 mlrd so‘mini talon-toroj qilishda gumonlanyapti.
6-7 iyun kunlari uning nomidan 26ta hujjat imzolangan bo‘lib, ulardan 19tasi – yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarish haqida. 7 iyun kungi prezident selektorida yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Ma’lumot uchun, Haydarov va boshqa gumondorlar ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov ham qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
Iqtisodiyot | 15:06
-
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Istanbulga borishni rad qilgan Putin, Trampning Qatardagi trillionlik kelishuvlari va G‘azodagi shifoxonaga zarba – kun dayjesti
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi

14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas

12:19 / 10.09.2024