Severodonetsk uchun shiddatli janglar, sharqdagi hududlardan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari
Urushning 106-kunida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» sudi uch nafar xorijlikni (ikki britaniyalik va bir marokashlik) Ukraina tomonida turib harbiy harakatlarda ishtirok etgani uchun o‘limga hukm qildi. Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat qurolli kuchlari Donbassdagi harbiy harakatlarda har kuni o‘rtacha 100 nafar atrofida harbiysidan ayrilayotganini, yana 500 kishi yaralanayotganini ma’lum qildi. «DXR» kuchlari Slavyansk uchun janglar boshlanganini e’lon qilgan.

Urushning 107-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
- Ukraina harbiy razvedkasi rahbari o‘rinbosari Vadim Skibitskiy Britaniyaning Guardian gazetasiga bergan intervyusida Ukraina Donbassda olib borilayotgan artilleriya urushida yengilayotganini aytdi: uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlardagi artilleriya qurollari rossiyaliklarnikidan 10-15 barobar kamroq, Ukraina ittifoqchilari o‘zlarida bor qurollarning faqat 10 foizini berishgan. Shuningdek Ukrainada sovetlar qurollari uchun snaryadlar tugamoqda.
- Ukraina bosh shtabining 10 iyun tongidagi axborotida Rossiya qo‘shini muhim tayanch punti Baxmut tomon ilgarilayotgani aytilgan: bosh shtab Rossiya yurishi Vozdvijyenka-Rota rayonida «qisman muvaffaqiyatga erishayotgani»ni qayd etgan - bu rayon Baxmutdan bir necha kilometr sharqda joylashgan.
- Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi 9 iyun kungi axborotida ukrain aviatsiyasi raqibning daryo kechuvida to‘plangan texnikalari va shaxsiy tarkibiga, Xerson oblastidagi beshta turli aholi punktlarida joylashgan dala omborxonalariga davomli zarbalar berganini ma’lum qilgan.
- Bloomberg agentligi payshanba kuni anonim manbasiga asoslangan holda Yevropa komissiyasi keyingi hafta oxirida Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga nomzod mamlakat maqomini berish bo‘yicha rasmiy tavsiya berishi mumkin, ammo bunday qaror Yevroittifoq sammitida konsensusga erishish orqali qabul qilinadi, ayrim davlatlar esa - kamida, Niderlandiya va Daniya - Ukraina hali tayyor emas deb hisoblamoqda.
Quyida 9 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Nikolayev

Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk

Valentin Sprinchak / TASS

AP Photo/Bernat Armangue
Xarkov

Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA

Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli

Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA


Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA

AP Photo/Oleksandr Ratushniak

AP Photo/Oleksandr Ratushniak

AP Photo/Oleksandr Ratushniak

AP Photo/Oleksandr Ratushniak

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

AP Photo/Francisco Seco
Kiyev

AP Photo/Natacha Pisarenko


AP Photo/Natacha Pisarenko

AP Photo/Natacha Pisarenko
Mavzuga oid

17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar

15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

14:51 / 16.09.2024