Ukrainalik qochqinlar soni 8 mln nafardan oshdi
Qochqinlarning yarmidan ortig‘i (4,1 mln kishi) Polshaga yo‘l olgan.

Foto: Kai Pfaffenbach/ Reuters
24 fevraldan so‘ng Ukrainani 8 mln 7014 kishi tark etdi. Bu haqda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumot berilishicha, ularning yarmidan ortig‘i (4 mln 146 ming 144 kishi) Polshaga yo‘l olgan.
Rossiyadan 1 mln 305 ming 18 nafar qochqin qo‘nim topgan. Ukrainalik qochqinlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Vengriya (814 ming 607 kishi) va Ruminiya (691 ming 413 kishi) turibdi.
TASS manbasiga ko‘ra, Rossiyadagi Ukraina, “DXR” va “LXR”dan kelgan qochqinlar soni 2 mln nafardan oshgan. Ularning yarmidan ortig‘i o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalardan kelgan.
Mavzuga oid

16:59
Kiyev sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan 15 yilga hukm qildi

16:41
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

15:23
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida

13:52