Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI mafiya Ukrainadan olib chiqilgan qurollar bilan qurollanishidan xavotir bildirdi
Ukrainadagi urush fonida uyushgan jinoyatchilikning o‘sishiga qarshi kurashish uchun YeI Moldova bilan birgalikda ichki xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash markazini ishga tushiradi.

jinoiy guruhdan musodara qilingan qurollar / Foto: DW
Yevropa ittifoqi mafiya va turli jinoiy guruhlar, xuddi Yugoslaviyadagi harbiy mojaro paytida bo‘lgani kabi, Ukrainadan qurol-yarog‘ olishi mumkinligidan xavotir bildiradi. Bu haqda ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanson ma’lum qildi. Uyushgan jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Yevrokomissiya Moldova hukumati bilan birgalikda respublikaning ichki xavfsizligi va chegaralarini boshqarish bo‘yicha yordam markazini ishga tushirdi. Bu haqda Yevrokomissiyaning 11 iyul, dushanba kuni chop etilgan press-relizida aytiladi.
Yoxanson Yugoslaviyadagi urushdan keyin uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan urush zonalaridan noqonuniy olib chiqib ketilgan qurollarning noqonuniy savdosi muammosi Yevropada saqlanib qolayotganini eslatdi. Ukrainadagi urush bilan buning takrorlanishining oldini olish uchun Yevrokomissiya Moldova bilan chegaradosh hududda maxsus markaz yaratishga qaror qildi.
«Rossiyaning bosqinchilik urushi Yevropa ittifoqida ham, Moldovada ham ichki xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishiga olib keldi. Moldova o‘zining geografik joylashuvi tufayli Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining jinoiy va xavfsizlik oqibatlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi», deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Markaz Yevropa ittifoqining huquqni muhofaza qilish va chegara nazorati sohasida yordamini muvofiqlashtiradi, mavjud chegara nazorati mexanizmlarini, jumladan, Yevropol va Yevropa ittifoqining tashqi chegara xavfsizligi agentligi (Frontex) orqali ishlab chiqadi.
Bosh ofis Kishinyovda joylashgan bo‘lib, u yerda Yevropa ittifoqi mamlakatlari huquq-tartibot idoralari va ichki ishlar sohasidagi Yevropa agentliklari vakillari tez orada ish boshlaydilar, deyiladi Yevrokomissiya bayonotida. «Markaz Moldova bilan uyushgan jinoyatchilik, jumladan, qurol-yarog‘ savdosi yoki odam savdosi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bo‘yicha qo‘shma operativ harakatlarimizni kuchaytiradi. Bu Moldovaga bizning va Yevropa ittifoqining ichki xavfsizlik vositalarida ishtirok etishiga ham yordam beradi», dedi Yoxanson.
Ukrainadan kelgan qochqinlar soni ortgan taqdirda Kishinyovdagi muvofiqlashtiruvchi markaz alohida rol o‘ynaydi, dedi Yoxansson. Yevropa ittifoqqa urush zonalaridan qochganlar soni urushdan oldingi darajaga qaytdi, dedi u. «Ammo muammo shundaki, hech kim Putin nima qilishini oldindan aytib bera olmaydi», deydi Yoxansson.
Chexiya ichki ishlar vaziri Vit Rakushan ham qochqinlar inqirozining kuchayishiga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. «Biz hammamiz vaziyat yaxshilanishiga umid qilamiz, biroq haligacha urush tugashini ko‘rmayapmiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi RND. Ba’zi davlatlar allaqachon burilish nuqtasiga yetib borgan va qo‘shimcha yordamga muhtoj, deya eslatdi u.
Avstriya ichki ishlar vaziri Gerxard Karnerning aytishicha, Ukrainadan qochqinlarni YeIga qabul qilishning jadallashgani Afrikadagi kontrabandachilar undan odamlarni jo‘natish yo‘llarini reklama qilish uchun foydalanib, mijozlarga «Yevropa ochiq» deb va’da berishiga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
-
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
Jahon | 09:37
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
Mavzuga oid

22:11 / 27.07.2025
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

17:56 / 27.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40 / 26.07.2025