Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qisqa o‘quv kurslari sertifikatining yangi tahriri tasdiqlandi
Endi qisqa o‘quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas.
Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikatsiyalar bo‘yicha 6 oygacha bo‘lgan qisqa o‘quv kurslari orqali o‘qigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ikki oy muddatda:
- kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qo‘shimcha kvalifikatsiyani egallash bo‘yicha beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning o‘zida o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘ladi;
- sertifikat elektron shakllarini QR-kod yordamida olish ham mumkin.
Fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ortiqcha ovoragarchiliksiz ushbu sertifikatdan foydalana oladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda 255 ta professional ta’lim muassasasida 24 mingga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekiston | 11:29
-
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:16
-
Kiyevdagi namoyishlarning 4-kuni: aksiyalar ko‘lami kamaymoqda
Jahon | 11:14
Mavzuga oid

08:02 / 19.07.2025
Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida sertifikat beriladi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

11:27 / 08.03.2025