Toshkentda Kobul temiryo‘l koridorini qurish bo‘yicha loyiha ofisining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor» temiryo‘lini qurish» loyihasi bo‘yicha loyiha ofisining navbatdagi uch tomonlama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
Yig‘ilish doirasida «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor» temiryo‘li qurilishi O‘zbekiston, Afg‘oniston hamda Pokiston mamlakatlari uchun yirik istiqbolli, iqtisodiy jihatdan katta foyda bo‘ladigan loyiha ekani ta’kidlandi.
Bildirilishicha, bu yo‘nalishda yuk tashishni ta’minlab, temiryo‘l orqali Pokiston bandargohlariga chiqishni amalga oshirish, tomonlar uchun keng qamrovda tranzit imkoniyatlarini yaratib, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga, temiryo‘llarining tez orada taraqqiy etib ketishiga sabab bo‘lishi ta’kidlandi.
Tomonlar «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor» temiryo‘li qurilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini yaratish doirasida dala ekspeditsiyasini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilinib, keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

11:30 / 10.06.2025
Rossiya Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tikladi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

20:48 / 29.05.2025