Raketa hujumi fonidagi selfi, bomba tushgan uyni tomosha qilayotgan bolalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 170-kuni ortda qoldi.
15 avgust, Ukrainadagi urushning 170-kunida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan 522 nafar ukrain harbiysining jasadi Ukrainaga qaytarildi.
Rossiya nazoratidagi Zaporijjya oblasti rasmiylari hududdagi AES konservatsiya qilinishi (energoblokni tarmoqdan uzib, uni minimal quvvatga o‘tkazish) mumkinligini ma’lum qildi – stansiyaga oxirgi vaqtlarda doimiy hujumlar uyushtirilmoqda, har ikki tomon bunda bir-birini ayblayapti.
BBC rus xizmati, o‘z surishtiruvlariga tayanib, Rossiya hukumati Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qilishga 10 mlrd rubldan ortiq xarajat qilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
The Washington Post gazetasi, ukrainalik anonim amaldor ma’lumotlariga asoslanib, bosib olingan Qrimdagi Rossiya aviabazasiga kuchli hujumni Ukraina maxsus kuchlari amalga oshirganini xabar qildi. Hujum natijasida kamida 7 ta samolyot yo‘q qilingani aytilmoqda.
Kanadaning geosiyosiy xatarlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi SecDev kompaniyasi 2014 yildan buyon Rossiya nazoratiga o‘tgan Ukraina tabiiy boyliklari tahlilini e’lon qildi. Ekspertlarning baholashicha, hozirda Rossiya Ukrainadagi $12,4 trln dollarlik foydali qazilmalar konlarini o‘z nazoratiga olgan.
Ukrainaning Vashingtondagi elchisi AQSh Moliya vazirligiga so‘rov yuborib, Rossiyaning barcha xususiy banklariga sanksiyalar kiritishni so‘radi.
Quyida – 12 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Zaporijjya oblasti

Foto: Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv

Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti

Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Foto: Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Foto: Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi

Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi

Foto: David Goldman/AP