Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar» telekanalida nima sababdan Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi
«Yoshlar» telekanalida sport xabarlari blokida futbol natijalarida ekrandagi Ukraina bayrog‘i xiralashtirib ko‘rsatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlar 26 avgustdan boshlab «Yoshlar» telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. Shu kunga qadar La Liga'ning 8 ta o‘yini namoyish etilgan. Futbol bahslari namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qo‘shimcha effektlar qo‘llanilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat “Yangi Davr” informatsion dasturi sport xabarlari blokidan olingan. Bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi “Real Madrid” jamoasi o‘ynayotgan futbolda Ispaniya bayrog‘i o‘rniga Ukraina bayrog‘i xato qo‘yilgan deb o‘ylab, buni o‘zboshimchalik bilan to‘g‘rilamoqchi bo‘lgani va shu maqsadda berkitgani ma’lum bo‘ldi.
Bosh muharrir ko‘rik paytida bu holatga e’tibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan. Bu bo‘yicha aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
“Yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va ushbu holatga siyosiy tus bermaslikni iltimos qilamiz”, deyiladi telekanal xabarida.
Mavzuga oid

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

15:28 / 01.08.2025