Jahon | 13:52 / 14.09.2022
29360
6 daqiqa o‘qiladi
Xarkivning ozod etilgan shaharlari, Izyumda harbiy texnikalar qabristoni. Urush suratlari
Ukrainada urushning 202-kuni o‘tdi: 13 sentabrning asosiy voqealari:
- Germaniya kansleri Olaf Shols ko‘p haftalardan buyon ilk marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Sholsning matbuot xizmatiga ko‘ra, u Ukraina inqirozini diplomatik yo‘l bilan hal etish, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish hamda Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqish zarurligi haqida gapirgan. Muloqot bir yarim soat davom etgan.
- Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning aytishicha, Xarkiv oblastida amalga oshirilgan qarshi hujumlar natijasida 300 dan ortiq aholi punktlari ozod etildi.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolati kelgusida Ukraina bilan hech qanday urush bo‘lmasligi va ukrainlar nihoyat tinch qo‘yilishini ta’minlashi kerakligini aytdi. RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev buni «uchinchi jahon urushiga kirish» deb atadi.
- Britaniya razvedkasi Rossiya armiyasi yo‘qotishlarini tahlil qilib, Rossiya NATOga qarshi turish uchun foydalanish rejalashtirilgan harbiy salohiyatining bir qismini yo‘qotdi, degan xulosaga kelgan: masalan, Birinchi gvardiya tank armiyasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi — NATO bilan urush chiqqan taqdirda u Moskvani mudofaa qilishi va qarshi hujumga o‘tishi kerak edi.
- 2023 yilda Ukraina mudofaasi va xavfsizligi uchun yillik budjetning yarmi ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu 2022 yil budjet rejalari uchun ajratilgan mablag‘dan to‘rt barobar ko‘proq.
- Xalqaro valuta jamg‘armasi Ukrainaga 1,4 mlrd dollarlik qo‘shimcha moliyaviy yordam paketi taqdim etmoqchi.
Quyida 13 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastining Ukraina armiyasi tomonidan ozod etilgan hududlari

Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Iryna Rybakova / Ukrainian Military Unit Kholodnyi Yar / AP / Scanpix / LETA

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli

Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:31 / 14.05.2025
Istanbul muzokaralari. Bu amalga oshadimi? 15 mayga belgilangan uchrashuv haqida hozirgacha nimalar ma’lum?

21:25 / 14.05.2025
Ukrainaning Kursk oblastiga bergan zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

21:23 / 14.05.2025
Germaniyada uch nafar ukrainalik hibsga olindi

20:40 / 14.05.2025