Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Izyumdagi vayrongarchiliklar va yetti oylik ayriliqdan keyingi uchrashuv. Urush suratlari
Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Izyum hududida 15 sentabr kuni tinch aholi vakillari va ukrain harbiylari ko‘milgan ommaviy qabr topildi. Ukraina politsiyasi bu yerga taxminan 440 kishi dafn etilganini ma’lum qilgan. Donetsk oblastida rossiyaliklarning so‘nggi zarbalari vaqtida, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Rossiyaning Valuyki shahri ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgani va bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Quyida 15 sentabr, urushning 204-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Ukraina armiyasi tomonidan ozod etilgan Izyum manzaralari
Qarshi hujum vaqtida ozod etilgan Izyumdagi vayrongarchiliklar. Shahar aprel oyi boshida Rossiya qo‘shini tomonidan bosib olingandi. Ukraina qurolli kuchlari sentabr oyi boshida shahar ustidan nazoratni qaytarib oldi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAUkrain armiyasi jangchilari tanklarda Izyum bo‘ylab ketmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAIzyumlik oilaning yetti oylik ayriliqdan keyingi uchrashuvi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAIzyumda yashovchi 73 yoshli kishi vaqtincha yashash joyiga o‘tin tashimoqda. O‘tin isitish va ovqat tayyorlash uchun kerak bo‘ladi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAShaharda o‘qqa tutilgan turar joy binolari.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAShahar Rossiya istilosidan ozod etilgach, tinch aholi vakillari va ukrain askarlari ko‘milgan ommaviy qabr topildi. Xarkiv oblasti politsiyasi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Bolvinov Sky News telekanaliga bergan intervyusida bu yerga 440 nafarga yaqin odam ko‘milganini aytgan. «Rossiya hamma joyda o‘lim keltirgan. Va buning uchun javob berishi kerak. Dunyo Rossiyani bu urush uchun haqiqiy javobgarlikka tortishi lozim», — dedi Volodimir Zelenskiy tungi videomurojaatida ushbu qabr bo‘yicha xabarni sharhlar ekan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Balakliyadagi bazasiga HIMARS orqali yo‘llangan zarba oqibatlari
Xarkiv oblastining Balakliya shahrida Rossiya kuchlari harbiy texnikalar uchun garaj sifatida foydalanib kelgan baza Ukrain armiyasi zarbasidan yakson bo‘ldi. Hujum Ukraina G‘arb davlatlaridan olgan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda. Rossiya foydalanayotgan sovet tizimlari («Grad», «Uragan» va «Smerch») bilan taqqoslaganda, HIMARS yuqori aniqlik, tezda qayta o‘qlanishi va nisbatan mustahkam himoyasi bilan farqlanadi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressUkraina armiyasi tomonidan Balakliyadagi bazaga berilgan zarba oqibatida yo‘q qilingan rossiyaliklar texnikalari.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressBalakliyada yo‘q qilingan Rossiya texnikalari. Bu baza HIMARS zarbasidan yonib ketgani taxmin qilinmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblasti g‘arbidagi janglar oqibatlari
Xarkiv oblastining Balakliya shahri atrofida qolgan rossiyalik harbiylar jasadlari. 8 sentabr kuni Ukraina harbiylari mart oyidan buyon istilo ostida bo‘lgan shaharga kirdi. RF mudofaa vazirligi mart oyi oxiridan buyon Rossiya armiyasi yo‘qotishlari haqida xabar bermaydi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressRossiyaliklarning Xarkiv oblastida yakson etilgan kolonnasi. Ukrainlar Xarkiv oblasti janubi va sharqida qarshi hujum uyushtirishi Rossiya armiyasi uchun urush boshidan buyon eng yirik mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Rossiya o‘zi egallab turgan o‘nlab posyolka va qishloqlarni boy berdi, o‘nlab texnikalar, tonnalab o‘q-dorilar qoldirib ketildi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETABalakliya yaqinidagi Novaya Gusarovka qishlog‘ida rossiyaliklarning yakson etilgan zirhli transportyori oldida yerda to‘kilib yotgan patronlar. Qishloq shu kunlarda Rossiya istilosidan ozod bo‘lgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETAXarkiv oblastida rossiyaliklarning yonib ketgan BMP-2 mashinasi yonida turgan ukrain askari.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda bombapanagohdagi maktab
Kiyevdagi bombapanagohda dars o‘tayotgan o‘quvchilar. Yangi o‘quv yilida ukrainlarning maktab dasturiga ko‘ra jahon adabiyoti darsliklarida rossiyalik va belaruslik mualliflar olib tashlangan.
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina sharqidagi tan olinmagan respublikalarga zarbalar
«LXR» nazoratidagi Perevalsk shahridagi kollej binosi zarbalardan keyin. «LXR» ta’lim va fan vaziri Ivan Kusovning ma’lum qilishicha, kollej 14 sentabr tongida ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan va endi tiklab bo‘lmas holatga kelgan. Hujum oqibatida perevalsklik 18 yoshli qiz halok bo‘lgani, kollejning olti nafar o‘quvchisi va bir o‘qituvchi yaralangani xabar qilingan.
Aleksandr Reka / TASSGolmovskiy posyolkasida («DXR» nazoratida) halok bo‘lgan tinch aholi vakillari. Rossiyaning «Birinchi kanal»i xabar berishicha, Ukraina armiyasi hujumi oqibatida ko‘p kvartirali uy vayron bo‘lib, to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Valentin Sprinchak / TASSKrasniy Paxar posyolkasidagi («DXR» hududida) yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi. Donetsk meri Aleksey Kulemzin ukrainlar o‘qqa tutishi oqibatida shaharda bir ayol va bir erkak yaralanganini ma’lum qilgan.
Vladimir Gerdo / TASS
Kriviy Rigda to‘g‘on portlatilishi oqibatida suv toshishi
Kriviy Riglik ayol suv toshgan ko‘cha bo‘ylab harakatlanmoqda. 14 sentabr kuni Rossiya harbiylari shahardagi gidrotexnik infratuzilma obektlariga zarba bergan. Kriviy Rig harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Vilkulning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida Ingulets daryosida suv sathi ikki-uch metrga ko‘tarilgan. Vilkulning aytishicha, yuzdan oshiq uylar va dala hovlilarni suv bosgan.
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA