Shavkat Mirziyoyev maqolasi BMT Bosh assambleyasi sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar davlat rahbarlari kengashi majlisi oldidan e’lon qilingan “Shanhay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali konseptual maqolasi BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, hujjat, shuningdek, BMT jurnalida ham chop etildi.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbari mazkur maqolasi ShHT Samarqand sammiti arafasida xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi. Bu ShHT faoliyatiga qiziqish va e’tiborning kuchayishiga turtki bo‘ldi.
Ushbu maqola dunyo 35 dan ortiq mamlakatidagi 150 dan ortiq xorijiy OAVda o‘ndan ortiq xorijiy tillarda chop etildi.
Mavzuga oid

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

21:12 / 05.04.2025