Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Xarkiv oblastida Rossiya istilosidan keyin nimalar bo‘lmoqda - urush suratlari
Sentyabrning ilk haftasida ukrain qo‘shini Xarkiv oblastida muvaffaqiyatli qarshi hujum o‘tkazib, uchta yirik shaharni (Balakliya, Izyum va yirik temiryo‘l tuguni joylashgan Kupyanskni) hamda 2500 kvadrat kilometr hududdagi boshqa o‘nlab aholi yashash manzillarini ozod etdi, shuningdek, front chizig‘i Oskol daryosi sharqiga surildi. Chekinayotgan rossiyalik harbiylar o‘nlab zirhli texnikalar va tonnalab o‘q-dorilarni tashlab ketishdi. Ozod etilgan hududlarga aholi qayta boshladi. O‘tgan oylar davomida istilo ostida bo‘lib, dunyodan to‘liq uzilib qolgan aholi vakillari esa Ukrainaning boshqa hududlarida nimalar bo‘lib o‘tganidan endigina xabardor bo‘lishmoqda.
Quyida 20 sentabr, Ukrainadagi urushning 209-kunida Xarkiv oblastida olingan suratlar.
Izyum hududida Shimoliy Don ustidan o‘tgan ko‘prik mart oyi boshida ukrain harbiylari tomonidan portlatilgan. 1 apreldan 11 sentabrga qadar shahar Rossiya istilosi ostida qoldi va Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastida keng ko‘lamli qarshi hujumga o‘tishi natijasida ozod etildi. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi Tsupovka qishlog‘ida yashovchi Valeriy Balandyuk istilo vaqtida nobud bo‘lgan itini ko‘mmoqda. U qishloqqa bir necha kun oldin qaytgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Izyum shahri aholisi rossiyalik bosqinchilar tomonidan okoplarni mustahkamlash uchun tayyorlangan xodalarni tashib ketmoqda - ulardan qishda uyni isitish uchun foydalaniladi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETAIzyum shahrida yashovchilar Ukrainaning boshqa hududlarida yashovchi qarindoshlaridan kelgan jo‘natmalarni qabul qilmoqda. Istilo vaqtida shahar dunyoning boshqa qismidan deyarli uzilib qolgandi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAUkraina qurolli kuchlari harbiylari Kupyansk ko‘chalarida navbatchilik qilmoqda. Bu shahar — Xarkiv oblastidagi muhim temiryo‘l tuguni hisoblanadi, bu yerdan Rossiyaning Xarkiv oblastidagi qo‘shinlari ta’minoti amalga oshirilgan. 12 sentabr kuni ukrain harbiylari Kupyansk markazi va shaharning g‘arbiy qismini egalladi, 18 sentabr kuni rossiyalik harbiylar Kupyanskning Oskol daryosining sharqiy sohilidagi qismidan ham chekingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressIzyum shahridagi turar joy hovlisida «Mina» haqidagi ogohlantirish taxtasi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / Vida PressIzyumlik kishi otishmalar vaqtida shikastlangan bino oldidan velosipedda o‘tmoqda. Izyum shahar kengashi raisi Maksim Strelnikov xabar berishicha, Rossiya ishg‘oli vaqtida shaharda kamida ming kishi halok bo‘lgan, shahardagi infratuzilmaning 80 foizidan ortig‘i vayron bo‘lgan. Rasmiylarning birinchi galdagi vazifalaridan biri — issiqlik ta’minotini tiklash hisoblanadi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETARossiyalik harbiylarning Ukraina armiyasi qarshi hujumi vaqtida tashlab ketilgan sobiq pozitsiyasi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETAIzyumda vayron bo‘lgan uy xarobalari ostida qolgan avtomobillar.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETAUkraina Milliy gvardiyasi sapyori Xarkivdan shimoldagi qishloq yo‘lini tekshirmoqda. Bu yer yaqingacha Rossiya qo‘shini nazoratida edi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA Ukrain jangchilari Xarkiv shimolidan chekingan rossiyaliklar qoldirib ketgan tankni ko‘zdan kechirmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETAUkraina armiyasi askarlari Xarkiv atrofidan chekinish vaqtida rossiyaliklarning pozitsiyalarida qolgan yakson bo‘lgan texnikalarni ko‘zdan kechirmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETAUkrain harbiylari Xarkiv oblastining ozod etilgan hududlarida topilgan jasadlarni tashimoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAIzyumlik ayol mart oyida shahar o‘qqa tutilishi vaqtida halok bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining qabri tepasida.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressEksgumatsiya qiluvchi mutaxassislar ishga kirishishdan oldin. Xarkiv oblasti prokurori Oleksandr Filchakovga ko‘ra, Izyum shahri rossiyaliklar istilosidan ozod etilgach, tinch aholi vakillarining 445 qabri — shuningdek, ukrain harbiy xizmatchilari ko‘milgan yana bir ommaviy qabr topilgan. Ayrim jasadlarda qiynoq izlari qolgan.
Paula Bronstein / Getty ImagesXarkiv oblastidagi Prudyanka posyolkasidagi dala maydonida yakson etilgan yengil mashina
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAIzyumning front chizig‘iga yaqin hududlarda harbiy harakatlar izlari.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA