«DXR» va «LXR» rahbarlari Moskvaga yo‘l oldi

Foto: TASS
O‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnik «Rossiyaga qo‘shilish tartibini yakunlash» uchun Moskvaga yo‘l olishdi. Bu haqda Rossiya OAV xabar berdi.
Denis Pushilinning Moskvaga yo‘lga chiqqani haqida RIA «Novosti», Leonid Pasechnikning safari haqida esa «LXR» «hukumati» matbuot xizmati xabar berdi.
Moskvaga jo‘nab ketish oldidan Pasechnik Telegram’da Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «Luhansk xalq respublikasi»ni Rossiyaga «Rossiya Federatsiyasi sub’yekti huquqiy asosida» qo‘shish masalasini ko‘rib chiqish iltimosi bilan murojaatini e’lon qildi. Putinga xuddi shunday maktubni Xerson oblasti okkupatsion hokimiyati rahbari Vladimir Saldo ham e’lon qilgan.
Zaporijjya oblastining okkupatsion «ma’muriyati» vakili Vladimir Rogov ma’lum qilishicha, bu mintaqa ham bugun Rossiya prezidentiga xuddi shunday iltimos bilan murojaat qilmoqchi.
Bundan oldin Rossiya hududlarida bo‘lib o‘tgan «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari»ning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha ovoz berish yakunlangandi.
Ishtirokchilarning 98,69 foizi «LXR»ning Rossiyaga qo‘shilish tarafdori bo‘ldi, «DXR»ning Rossiyaga qo‘shilish masalasida ovoz berganlarning 97,93 foizi ijobiy fikr bildirgani aytiladi.
Rossiya hududlarida 441 ming kishi «DXR»ning qo‘shilishi uchun, 394 ming kishi esa «LXR»ning qo‘shilishi uchun ovoz berdi.
O‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlarda mahalliy aholi «respublikaning Rossiya Federatsiyasining sub’yekti huquqi asosida Rossiya tarkibiga kirishini» qo‘llab-quvvatlayaptimi, degan savol «ovozga» qo‘yildi.
Ishg‘ol qilingan Zaporijjya va Xerson oblastlarida saylov byulletenlariga «Ukrainadan ajralib chiqish, mustaqil davlat tashkil etish va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga Rossiya Federatsiyasi sub’yekti huquqi asosida kirish tarafdorimisiz?» degan savol qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dniproda RF hujumida bir kishi halok bo‘ldi, Xarkivda o‘nlab odamlar jarohatlandi
Jahon | 08:00
-
Toshkent ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi
O‘zbekiston | 07:59
-
YeChL. Dembelening goli "PSJ"ga "Arsenal" ustidan g‘alaba keltirdi
Sport | 03:25
-
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp
Jahon | 01:02
Mavzuga oid

10:46 / 17.06.2024
«DXR»da rossiyalik jurnalist halok bo‘ldi

14:01 / 20.02.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi: «LXR» rahbari 2023 yil dekabrida zaharlangan

13:45 / 09.01.2024
Rossiya harbiy samolyotidan «LXR»dagi Rubejnoyega aviabomba tushib ketdi

13:43 / 15.12.2023