«Schyotchik»ni qiyoslashdan o‘tkazishda davlat xizmati uchun yig‘im undiriladi
Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, bunda hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi: yuridik shaxslar uchun – 4 yil; jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.
Hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagicha yig‘im undiriladi:
jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) - 60 ming so‘m;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) - 45 ming so‘m;
yuridik shaxslardan - 450 ming so‘m miqdorida.
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘im 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi

07:21 / 11.01.2025
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi

22:40 / 21.10.2024
Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirdi

11:12 / 23.05.2024