O‘zbekiston gilamlari asosan Qirg‘izistonga sotilyapti
O‘zbekiston 13 ta davlatga gilam eksport qilgan.
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSh dollariga kam.
2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 12,7 mln dollar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Ozarboyjon – 3 mln;
- Afg‘oniston – 2,2 mln;
- Rossiya – 2,2 mln;
- Qozog‘iston – 843 ming;
- AQSh – 358 ming;
- Tojikiston – 305 ming AQSh dollari.
Mavzuga oid

11:02
Andijonda Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yashirin tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi

18:20 / 28.04.2025
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:09 / 28.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

21:41 / 25.04.2025