Hududlar kesimida nikohdan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi
9 oyda 34 464 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida nikohdan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahri (4433 ta) va Farg‘ona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan.
Bundan tashqari, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekani kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 1554 ta;
- Andijon viloyati – 3673 ta;
- Buxoro viloyati – 1986 ta;
- Jizzax viloyati – 1231 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2731 ta;
- Navoiy viloyati – 1060 ta;
- Namangan viloyati – 3250 ta;
- Samarqand viloyati – 3799 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2075 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1337 ta;
- Toshkent viloyati – 3845 ta;
- Farg‘ona viloyati – 3979 ta;
- Xorazm viloyati – 1511 ta;
- Toshkent shahri – 4433 ta.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

16:29 / 13.06.2025