Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Sham yorug‘idagi ukrainlar, poligonga kelgan Putin. Urush suratlari
«Ukrenergo» kompaniyasi rossiyaliklarning 10 oktyabr kungi hujumlari natijasida shikastlangan elektr stansiyalarni ta’mirlash uchun butun mamlakat bo‘ylab rejali o‘chirishlar bo‘lishi haqida e’lon qildi. Volodimir Zelenskiy undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev Qrim ko‘prigidagi teraktni «buyurtma qilmagani»ni aytdi. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Ukraina qurolli kuchlari regiondagi aholi yashash manzillarini ozod etishda davom etayotganini aytdi, hozirda oblastning 1,8 foiz hududi rossiyaliklar nazoratida qolmoqda. Bundan tashqari, RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Xerson, Luhansk va Donetsk oblastlarida hujumlarni davom ettirmoqda. Vladimir Putin va Sergey Shoygu Ryazan oblastidagi safarbar qilinganlar tayyorlanuvchi o‘quv markaziga keldi. Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vazirligidan iste’foga chiqdi — u G‘arbdagi urush boshidan buyon Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan siyosatchilardan edi.
Quyida 20 oktyabr, urushning 239-kunida Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.
Zaporijjya oblastida gumanitar yordam tarqatilishi
Mixaylo-Lukashevo qishlog‘i aholisi gumanitar yordam tarqatish punktida ko‘ngillilarga o‘z hujjatlarini ko‘rsatishmoqda. Qishloq Zaporijjyadan 40 kilometr sharqda joylashgan, shahar kabi uni ham Ukraina qurolli kuchlari o‘z nazoratida saqlab qolgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAMixaylo-Lukashevo qishlog‘ida gumanitar yordam solingan qutilarni olayotgan aholi vakillari
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAMixaylo-Lukashevo qishlog‘ida yashovchilar velosipedda gumanitar yordam olib qaytmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan, lekin hamon atrofida janglar ketayotgan Limandagi hayot
Uysiz qolgan oila — ularning kvartirasi Ukraina qurolli kuchlari va bosqinchilar o‘rtasidagi janglar vaqtida vayron bo‘lgan. Ukraina qo‘shini Luhansk oblastidagi Liman shahrini 1 oktyabr kuni ozod etgandi. Shahar may oyi oxiridan buyon RF armiyasi nazoratida edi.
Carl Court / Getty ImagesFonar bilan o‘z uyi yerto‘lasida ketayotgan kishi. Liman aholisi hamon to‘xtamayotgan harbiy harakatlar tufayli yerto‘lalar va bombapanalarda jon saqlashga majbur bo‘lmoqda. Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Limanga yangi hujum boshlashga urinmoqda. Gayday Rossiya shahar atrofida safarbar qilingan askarlar va «Vagner» jangchilarini olib kelayotganini aytdi. Foto: Carl Court / Getty ImagesShahar uchun doimiy janglar vaqtida onasi bilan uy yerto‘lasida yashab kelayotgan qizcha
Carl Court / Getty ImagesLimandagi uylardan birining yerto‘lasida taom tayyorlayotgan ayol
Carl Court / Getty Images
Safarbar qilinganlar uchun lagerga kelgan Putin
Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Anatoliy Konsev bilan birgalikda Ryazan oblastida G‘arbiy harbiy okrugdagi safarbar qilinganlar tayyorlanuvchi markazga bordi. Rossiyada «qisman safarbarlik» 21 sentabr kuni e’lon qilingandi. RF mudofaa vazirligi 300 ming kishi safarbar etilishini ma’lum qilgan. 19 oktyabr kuni RF prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlarida harbiy holat e’lon qilishni nazarda tutuvchi farmonini imzoladi, Rossiyaning qolgan qismida ham — «qisman» harbiy holat amal qiladi. Foto: RF mudofaa vazirligi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina bo‘ylab rejali tok o‘chirishlar
20 oktyabr tongida bir necha soat elektr energiyasi o‘chirilgan Kiyevning ko‘rinishi. Rossiyaliklarning energetika infratuzilmalariga zarbalar oqibatida hukumat 20 oktyabr kuni butun mamlakat bo‘ylab bir necha soatga elektrni o‘chirishga qaror qildi. Shu kuni shaharlarda ko‘chalarni yoritish cheklandi. Energetika infratuzilmasining shikastlangan obektlarini ta’mirlash davom etmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressKiyev oblastining Borodyanka shaharchasida yashovchi ayol elektr energiyasining rejali o‘chirilishi vaqtida. Energetika vaziri maslahatchisi Oleksandr Xarchenkoning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar hujumi natijasida Ukraina energiya infratuzilmasining 40 foizi shikastlangan. Foto: Paula Bronstein / Getty ImagesKiyevdagi kvartirada chiroq nurida plastilindan o‘yinchoq yasayotgan qizcha
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETAKiyevlik oila shamlar yorug‘ida kechki ovqatga tayyorlanmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETAMikolayivning elektr energiyasidan rejali o‘chirishlar vaqtidagi ko‘rinishi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETABorodyankada o‘z uyi derazasida sham tutib turgan keksa yoshli ayol
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Xarkivdagi elektr stansiyasida ta’mirlash ishlari
Xarkiv elektr stansiyasi Rossiya armiyasining 10 oktyabr kungi zarbalaridan shikastlangan. Ukraina hukumatiga ko‘ra, mamlakatdagi elektr stansiyalarning 30 foizdan ortig‘i o‘qqa tutilgan. Hozirda bu obektlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, fuqarolardan elektr tejash so‘ralmoqda, shuningdek mamlakat bo‘ylab energotizimlar ishlashi barqarorligi uchun rejalashtirilgan o‘chirishlar amalga oshirilmoqda.