Mikolayivda suv uchun navbat, Donbass shimolidagi ukrain askarlari. Urush suratlari
Ukraina Luhansk oblastidagi Karmazinovka, Myasojarovka va Nevskoye qishloqlarini, Donetsk oblastida esa Novosadovo qishlog‘ini ozod etdi. Ularning barchasi Xarkiv oblasti bilan chegara hududida joylashgan. Rossiyalik harbiy qo‘mondonlar Ukraina «iflos bomba» portlatib, provokatsiya uyushtirishni maqsad qilganini aytishda davom etmoqda. G‘arbdagilar buni eskalatsiya uchun bahona sifatida qabul qilishmoqda. «Mediazona» Rossiyada qariyb 500 ming kishi safarbar qilingan degan xulosaga keldi.
Quyida 24 oktyabr, urushning 243-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Izyumdagi hospital. Yevgeniy Maloletka fotosuratlari
Izyum hospitali shaharda 1 apreldan 11 sentabrga qadar Rossiya istilosi ostida ishlashda davom etgan yagona tibbiy muassasa edi. Bugungi kunda ukrain sapyorlari otishmalardan kuchli darajada shikastlangan hospital atrofini minalardan tozalashmoqda, istilo vaqtida odamlarning hayotini saqlab qolish uchun rossiyalik harbiylar bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri kelgan shifokorlar esa og‘ir sharoitlarda ishlashga harakat qilmoqda. Yevgeniy Maloletka — bu urushdagi asosiy fotograflardan biri — bu kadrlarni sentabr oyida olgan, ammo Associated Press reportaji 24 oktyabr kuni chiqdi.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivdagi hayot. Emilio Morenatti fotosuratlari
Ispaniyalik fotograf Emilio Morenatti Associated Press uchun 18 yildan buyon surat olib keladi. Uning ishlari jahon fotokonkurslarida qatnashgan, 2021 yilda u keksa ispaniyaliklarning koronavirusga qarshi kurashi haqidagi fotosuratlari uchun Pulitser mukofotini olgan. Ukrainaga Morenatti urushdan oldinroq kelgan va hozirga qadar front ortidagi shaharlardagi hayotni aks ettiruvchi suratlar olib keladi. «Meduza» uning harbiy harakatlar oqibatida tanasining bir qismidan ayrilgan kishilar haqidagi reportajini taqdim etgandi. Quyida esa Morenatti tomonidan deyarli har kuni RF armiyasi tomonidan intensiv ravishda o‘qqa tutilayotgan Mikolayiv shahrida olingan suratlar.

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Krivoy Rogdagi bombapanada yakkakurash bo‘yicha turnir

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari Donbass shimolidagi pozitsiyalarida
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Ukraina armiyasining Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga hujum qilishga urinib, Baxmut va Avdeyeva yo‘nalishlariga faol harakatlanmoqda. Bosh shtab Ukraina armiyasi Baxmut, Avdeyevka va Donetsk oblastining boshqa shahar va qishloqlariga qilingan navbatdagi hujumlarni qaytarganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

20:39 / 13.05.2025
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog

13:36 / 13.05.2025
YeI Kiyevga RF aktivlaridan tushgan foydadan mudofaa uchun 2 mlrd yevro ajratdi

11:10 / 13.05.2025