Bosh reja va yashil shahar umidi. Kun.uz'da #Boricha podkasti
Kun.uz podkast janridagi suhbatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda eng dolzarb mavzular haqida podkast shaklida ham suhbatlar tashkil etamiz. #Boricha loyihasining ilk sonida Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi va O‘zbekistonning dolzarb ekologik muammolari haqida suhbatlashdik.

O‘tgan hafta davlat rahbariga taqdim etilgan bosh reja loyihasi borasida bir qator savollar tug‘ildi. Kun.uz bu masalada intervyu va maqolalar e’lon qildi. Yangi reja doirasida yashil hududlar ko‘payishi, yangi shahar qurilishi, transport va infratuzilma yaxshilanishi haqida optimistik bayonotlar yangradi.
Shu bilan birga, oktyabr oyida O‘zbekiston, xususan, Toshkent yana chang-to‘zon ichida qoldi. Dunyoning eng ifloslangan shaharlari reytingida mutlaq peshqadamlik qilgan poytaxtimiz, shuningdek, havosi tekshirilmaydigan, biroq doim zahar va g‘ubordan aholisi aziyat chekadigan mamlakatimizning boshqa shaharlari ham borki, muammo kundan kunga jiddiylashib borayotganini har birimiz his qilib, ko‘rib boryapmiz.
#Boricha loyihasining ilk soni uchun ana shu bir-biriga bog‘liq mavzularni tanlab oldik. Yashil shahar qurilishi bo‘yicha ekspert Temur Ahmedov va iqlimshunos Erkin Abdulahatov mehmonimiz bo‘lishdi.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

16:29 / 13.06.2025