Kiyevda sham yorug‘idagi kafe, Xarkivda o‘lja qilingan texnikalarni sozlayotgan jangchilar. Urush suratlari
Urushning 253-kuni. Asosiy ma’lumotlar
- Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Xarkiv va Dnepropetrovsk oblastlaridagi aholi yashash manzillariga raketa va aviatsiya zarbalari yo‘lladi. Shuningdek kamikadze dronlar orqali bir necha hujum uyushtirishga urinish bo‘lgan. Bu hujumlar oqibatida 82 yoshli ayol halok bo‘lgani va olti kishi yaralangani ma’lum. Xususiy turar joylar, maktab binosi va yonilg‘i quyish shoxobchasida vayrongarchiliklar kuzatilgan. Dnepropetrovsk oblastida energetika va suv infratuzilma obektlari shikastlangan.
- Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, o‘tgan kunda Rossiya armiyasi 750 nafarga yaqin kishi, 20 tank, 27 zirhli transportyor, shuningdek 22 ta artilleriya qurilmalari va uchta baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan ayrilgan. Ukraina tomoniga ko‘ra, rossiyaliklarning shaxsiy tarkibdagi jami yo‘qotishlari 74 mingga yetgan.
- Navbatdagi asirlar almashinuvi doirasida Ukrainaga 107 kishi - 6 ofitser, 101 nafar oddiy askar va serjantlar qaytarildi. Ozod etilganlarning katta qismi - 74 kishi - «Azovstal» mudofaasida qatnashgan jangchilardir. Rossiya ham 107 asirni qaytargan, ularning katta qismi - 65 kishi «DXR» va «LXR» fuqarolari.
- Xerson oblasti ma’muriyati binosidagi flagshtokdan Rossiya bayrog‘i yo‘qolib qoldi. Avvaliga bu Xersondagi partizanlar ishi ekani taxmin qilindi. Ammo Ukraina janubidagi mudofaa kuchlari matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyukning aytishicha, bu Rossiya tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin - Xerson oblastidagi aholi yashash manzillari tashlab ketilgani va bu yerlarga kirish xavfsizligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otish uchun.
- RF mudofaa vazirligi «Moskva» kreyserida xizmat qilgan yana 17 nafar dengizchi o‘limini rasman tasdiqladi, bungacha idora faqat bir kishining o‘limini rasman tasdiqlagan, qolganlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgandi.
- Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari Ukrainada «iflos bomba» ishlab chiqish yoki boshqa e’lon qilinmagan yadroviy faoliyat belgilarini topmadi. Agentlik Rossiya rasmiylari Ukrainani past quvvatli «iflos bomba» yaratishda ayblaganidan so‘ng, Ukrainadagi uchta yadro inshootini tekshirishga kelgandi.
- OAVga bergan izohida Rossiya banklari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Voylukov Ukrainaning yaqinda RF tarkibiga qo‘shib olingan to‘rt hududi (Qrim hisobga olinmaganda) moliyaviy ta’minoti uchun Rossiya yana qo‘shimcha 900 mlrd rubl bosib chiqarishiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirdi.
Quyida 3 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donetsk o‘qqa tutilishi

Leon Klein / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mixail Tereshchenko / TASS
Mikolayivlik sportchi yaradorlar va och qolgan jonivorlarga mehribonchilik qilmoqda
Pauerlifting bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni Anna Kurkurina Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin Mikolayivda qolgan. U ko‘ngilli sifatida egasiz qolgan va shahardagi chiqindixona va qabristonlarda to‘planadigan uy jonivorlariga yegulik berish bilan shug‘ullanib keladi. «Uy jonivorlari hovlida yashaydiganlaridan farq qiladi, agar ularni tashlab qo‘yishsa, nobud bo‘lishadi», — deydi Kurkurina. Uning uyida ham bir necha mushuk va itlar yashaydi.




Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
O‘lja qilib olingan texnikalarni ta’mirlayotgan ukrain harbiylari

Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Vasily Zhlobsky / EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastida ozod etilgan qishloq
Arxangelskoye qishlog‘i — oktyabr oyi o‘rtalariga kelib Xerson oblastida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi davomida ozod etilgan 88 ta aholi yashash manzillaridan biri. Rossiya istilosi chog‘ida 63 yoshli mahalliy fermer Anatoliy Maystrenko uch do‘sti bilan Inguletsning narigi sohiliga, Ukraina nazoratida qolgan hududga suzib o‘tgan, bu hududda ikki yarim ming kishi yashagan. Uning aytishicha, bu yerdagilarning eng yoshi bir oylik, eng kattasi esa 95 yoshda bo‘lgan.

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Kupyanskni tiklash ishlari
Kupyansk — Xarkiv oblasti sharqidagi shahar bo‘lib, bosqinning ilk kunlaridayoq rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingandi. Keyin bu yerda rossiyaparast ma’muriyat joylashdi. Sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlarining keng ko‘lamli qarshi hujumi davomida Ukraina shahar ustidan nazoratni qaytarib oldi. Shundan buyon Kupyansk doimiy ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda.

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda elektrning rejali o‘chirilishi

Ed Ram / Getty Images

Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Ed Ram / Getty Images

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

20:39 / 13.05.2025
Tramp Istanbuldagi muzokaralarga agar Putin ham keladigan bo‘lsa boradi - Kellog

13:36 / 13.05.2025
YeI Kiyevga RF aktivlaridan tushgan foydadan mudofaa uchun 2 mlrd yevro ajratdi

11:10 / 13.05.2025