Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Xersondan olib ketilayotgan qariyalar, Kiyevda xavf ostida qolgan jonivorlar. Urush suratlari
Urushning 255-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga harbiy dronlar yetkazib berilgani faktini ilk bor tan oldi. Ammo u dronlar urushdan oldin va katta bo‘lmagan miqdorda yetkazib berilganini aytdi. Ukraina prezidenti buni yolg‘on deb atadi va ukrain harbiylari kuniga o‘rtacha o‘nta eronliklar dronini urib tushirayotganini ma’lum qildi. Bunga qadar Moskva ham, Tehron ham avgust oyida harbiy harakatlar maydonida paydo bo‘lgan dronlar Erondan Rossiyaga yetkazib berilayotganini rasman inkor etayotgandi.
Rossiya Xerson yaqinida Dnepr daryosidan suzib o‘tish vositalarini portlatib yuborgan. Bu esa daryoda katta hajmda yonilg‘i-moy moddalari yig‘ilishiga olib kelgan, Xerson oblasti harbiy ma’muriyati bu ekologik falokat tahdidini yuzaga keltirganini aytmoqda.
Yevgeniy Prigojin «Kepka Prigojina» telegram-kanali go‘yoki o‘ziga tegishli emasligini aytdi - bu kanal shu vaqtgacha uning matbuot xizmati orqali OAV savollariga javob qaytarib kelardi. Shundan so‘ng uning matbuot xizmati bo‘lgan «Konkord» guruhi telegramda ochilgan yangi kanal uning rasmiy sahifasi ekanini bildirdi.
Xerson san’at muzeyidan ma’lum qilishlaricha, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat evakuatsiya bahonasida eksponatlarni Qrimga olib ketgan.
Rossiyaliklarning iyul-sentabr oylarida possovet hududidagi mamlakatlarga tashrifi bo‘yicha so‘nggi yillardagi rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Anneksiya qilingan Melitopolda yetti yil muqaddam buzib tashlangan Lenin haykali tiklandi.
Quyida 5 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson oblastida qariyalar uyidagi aholining ko‘chirilishi
Rossiya FVV xodimlari Xerson oblastidagi qariyalar uyida yashovchilarni olib ketmoqda. Hududning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati so‘nggi haftalarda aholi harbiy harakatlar kuchayishi tufayli tahdid yuzaga kelishi ortidan «ko‘chirilayotgani»ni ma’lum qilgan. Lekin ukrain armiyasi so‘nggi haftalarda Xersonda qarshi hujumni faollashtirgani ko‘zga tashlanmadi.
EPA / Scanpix / LETAQariyalar uyi yashovchisi divanda o‘tirib «evakuatsiya» boshlanishini kutmoqda. Bu yerdan 400 kishi avtobuslar orqali Qrimga olib ketilgan, bu yerdan ularni poyezdlarda Rostov va Voronej oblastlariga jo‘natishadi.
EPA / Scanpix / LETARossiya FVV xodimi keksa yoshli kishiga hamrohlik qilmoqda.
EPA / Scanpix / LETAAvtobus oynasidan qarayotgan keksa yoshli kishi
EPA / Scanpix / LETAFVV xodimi qariyalar uyi yashovchilaridan birini yuklari bilan avtobusga olib ketmoqda. To‘shakka yotib qolgan patsiyentlarni Qrimga tez yordam mashinalarida eltishadi.
EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi yerosti turargohida konsert
N. V. Lisenko («Sxіd Opera») nomidagi Xarkiv opera va balet teatri artistlari Xarkivdagi Nikolsky savdo markazi yerosti avtoturargohida chiqish qilmoqda. Dastur doirasida ukrain va yevropalik kompozitorlar ijod namunalari, shuningdek xalq qo‘shiqlari kuylangan. Konsert xavfsizlik nuqtayi nazaridan yer ostida uyushtirilgan — Xarkiv doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAAvtoturargohda tashkil etilgan konsert tomoshabinlari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAKonsert vaqtida doira hosil qilib raqs tushayotgan tomoshabinlar
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi rossiyalik harbiylarga oziq-ovqat yetkazilishi
Penzen oblastidan Donetsk oblastidagi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Yasinovataya shahriga yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur buyumlar. Bular Kuznetsk shahri aholisi tomonidan to‘plangan.
Mixail Tereshchenko / TASSPenzen oblastidan frontdagi harbiylar uchun yuborilgan yordamni tashiyotgan harbiy xizmatchi
Mixail Tereshchenko / TASSYuk mashinasidan rossiyalik harbiylar uchun yuborilgan oziq-ovqat va buyumlarni tushirish jarayoni
Mixail Tereshchenko / TASSKuznetskdan Yasinovatayaga yetkazilgan asal
Mixail Tereshchenko / TASS
Xerson oblastida front chizig‘i yaqinidagi qishloq
Xerson oblastidagi uylardan biriga zarba kelib tushishi oqibatida hovlida snaryaddan hosil bo‘lgan o‘ra. So‘nggi haftalarda Rossiya artilleriyasi ukrainlarning Xerson oblastidagi yurishini to‘xtatdi (yoki kamida sekinlashtirdi).
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETAXerson oblastida vayron bo‘lgan avtomobil ko‘prigi
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETAXerson oblastida yashovchi Nadejda va Natalya o‘tin arralamoqda
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETAXerson oblastida yashovchi Viktor va Olga o‘z uyida
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETAXerson oblastidagi posyolkalardan birida deraza siniqlari va boshqa vayrongarchilik izlari ko‘rinib turgan maktab sinfxonasi
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev oblastidagi hayvonot bog‘i qishga tayyorlanmoqda
«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi jirafa voleri. Urush davrida va ayniqsa sovuq kunlar kelishi bilan hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni hatto pandemiya davridagidan ham past darajaga tushib ketgan, shu tufayli hayvonot bog‘lari egalari jonivorlarni saqlab turish uchun xayriya mablag‘laridan umid qilishmoqda. Foto: Ed Ram / Getty ImagesKiyev oblasti Demidov qishlog‘idagi «XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi tuyalar (baktrianlar - Baqtriyadan olingan). Markaziy Osiyo iqlimida yashashga moslashgan bo‘lsa-da, bu tuyalar minus darajali haroratga ham yaxshi dosh beradi.
Ed Ram / Getty Images«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘ida itlar uchun voler
Ed Ram / Getty ImagesKiyev oblasti Demidov qishlog‘idagi «XII Mesyatsev» hayvonot bog‘idagi flamingolar. Flamingolar oilasiga oltita tur kiradi, ammo ularning barchasi subtropik va tropik iqlimda yashaydi — bu turlar O‘rta Yer dengizi sohillaridan shimolda tarqalmagan. Sovuq qishdan omon chiqishi uchun qushlarga issiqlik talab etiladi.
Ed Ram / Getty Images«XII Mesyatsev» hayvonot bog‘i xodimi jonivorlarga issiqlikni ta’minlashi ko‘zda tutilgan yangi isitish tizimini tekshirmoqda. Uning ishlashi uchun ham elektr talab etiladi va rejali o‘chirishlar fonida hayvonot bog‘i generatorlarga tayanadi.
Ed Ram / Getty Images
Suv ostida qolgan Demidov
Kiyev oblasti Demidov qishlog‘i atrofida suv ostida qolgan hududlar. Demidovda 2022 yil martidan buyon suv sathi yuqoriligicha qolmoqda, o‘shanda rossiyaliklar bosqinini to‘xtatish uchun Irpin daryosi to‘g‘oni daryo suvi Kiyev suv omboriga quyilish joyida buzib tashlangandi
Ed Ram / Getty ImagesDemidovdagi tomorqada to‘plangan o‘tin. Oktyabr oyidan Rossiya Ukraina energiya tizimini yakson qilish kampaniyasini boshladi, bu esa energiya ta’minoti va isitish tizimini xavf ostida qoldirgan. Kiyev oblastida rejali o‘chirishlar amalga oshirilmoqda. Aholining katta qismi o‘tin yoqiladigan pechkalar orqali uyini isitishiga to‘g‘ri kelmoqda. Foto: Ed Ram / Getty ImagesKiyev oblasti Demidov qishlog‘ida Irpin daryosida baliq ovlayotgan kishi. Qishloqning bir qismi 2022 yil martidan buyon suv ostida qolmoqda
Ed Ram / Getty ImagesDemidovda suv ostida qolgan maydon. Irpin daryosidagi to‘g‘on buzib tashlanishi oqibatida qishloq va uning atrofida botqoqlik yuzaga kelgan, bu esa Rossiya armiyasining Kiyevga yurishini to‘xtatib qolgandi. Bu orqali Ukraina poytaxti mudofaasini tayyorlash uchun vaqtdan yutilgan.
Ed Ram / Getty Images