IBM dunyodagi eng kuchli protsessorni taqdim qildi
International Business Machines (IBM) korporatsiyasi dunyodagi eng kuchli Osprey kvant protsessorini ishlab chiqarganini e’lon qildi.

Foto: IBM
Superprotsessor quvvati 433 kvant bit yoki kubitni tashkil qiladi. Qubit - kvant kompyuterlaridagi eng kichik axborot birligidir. Bunday kompyuterlar 0 yoki 1 qiymatiga ega bo‘lgan oddiy bitlar bilan emas, balki bir vaqtning o‘zida 0 va 1 qiymatiga ega bo‘lgan kubitlar bilan ishlaydi. An’anaviy bitli kompyuterlardan farqli o‘laroq, kvant kompyuterlari bir vaqtning o‘zida istalgan ma’lumotlarni million marta tezroq qayta ishlashga qodir.
IBM korporatsiyasining yangi protsessorli kvant kompyuteri oldingisidan uch barobar katta quvvatga ega. Umuman olganda, kompaniya butun dunyo bo‘ylab yigirmadan ortiq kvant kompyuterlariga ega.
IBM vakili Dario Gil so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 1000 kubitdan ortiq quvvatga ega protsessorni yaratish va ishga tushirish ustida ishlamoqda.
Osprey kvant protsessori narxi ma’lum qilinmadi. Avvalroq, Kanadaning D-Wave kompaniyasi narxi 15 million dollarlik kvant kompyuterini ishlab chiqarganini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi
Jahon | 21:18
-
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi
O‘zbekiston | 21:16
-
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi
Jahon | 21:12
-
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

18:00 / 10.10.2024
IBM Green Light ITS’ni Markaziy Osiyodagi eng yaxshi hamkor sifatida tan oldi

21:26 / 26.08.2024
IBM kompaniyasi Xitoydagi minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi

21:05 / 05.07.2023
Google juda kuchli kvant kompyuterini yaratdi

08:35 / 03.05.2023