Jahon | 22:16 / 16.11.2022
20324
2 daqiqa o‘qiladi

Shengen hududiga yana 3 ta davlat qo‘shiladi 

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlarini Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiyaning Shengen kelishuviga qo‘shilishini ma’qullashga chaqirdi. 

Yevrokomissiya bayonotida aytilishicha, ushbu davlatlar Yevropaning vizasiz rejimiga kirish shartlarini bajargan va unda ishtirok etishdan «zudlik bilan foydalanishi» kerak. 

Shuningdek, bu davlatlar o‘tgan yillar davomida, jumladan, pandemiya davrida va yaqinda Ukrainadagi voqealarning «misli ko‘rilmagan oqibatlari»ga duch kelganda Shengen hududining normal faoliyatiga katta hissa qo‘shgan. 

Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiya 2023 yildan boshlab Shengen hududiga qo‘shilish niyatida. Endi u Yevropa Ittifoqining 22 mamlakati (Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Chexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya) va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan to‘rtta davlatni (Norvegiya, Islandiya, Shveytsariya va Lixtenshteyn) o‘z ichiga oladi. Shengen davlatlari ro‘yxati oxirgi marta o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin, Lixtenshteyn qo‘shilganida yangilangan edi.

Mavzuga oid