Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallabay ishlash agentligi shubhali tenderlar bo‘yicha tekshiruv boshladi
Subsidiya hisobidan bo‘layotgan davlat xaridlarining to‘g‘ri o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari boshlanishi mumkin.

G‘ijduvon tumani / Foto: Mahallabay ishlash agentligi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlik rivojlantirish agentligining Toshkent shahar boshqarmasi o‘tkazgan umumiy 3,4 mlrd so‘mlik 4 ta tenderda ochilganiga 1 kundan 4 kungacha bo‘lgan firmalar g‘olib deb topilgan edi. Agentlik bu shubhali xaridlar bo‘yicha Kun.uz'dagi maqolaga munosabat bildirib, o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
Tekshiruvga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari ham jalb etilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, agentlikning hududiy boshqarmalarida subsidiya hisobidan bo‘layotgan davlat xaridlarining to‘g‘ri o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mahallabay ishlash agentligi shu yil boshidan respublikadagi barcha mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolar, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun subsidiya asosida kerakli asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilinmoqda.
Toshkentdagi holatda yuzlab tikuv mashinalari tender e’lon qilinganidan keyin ochilgan kompaniyalardan, 6 mln so‘mdan sotib olingan.
Mavzuga oid

08:53 / 08.08.2025
Limonchilikka ixtisoslashgan mahallalar infratuzilmasi yaxshilanadi

21:29 / 07.08.2025
Yarim yillik davlat budjeti: asosiy raqamlar

13:56 / 06.08.2025
Fuqarolar davlatga qariyb 63,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini sotdi

08:00 / 06.08.2025