Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon yangi B-21 Raider «ko‘rinmas» strategik bombardimonchi samolyotini taqdim etmoqda
Ushbu samolyot kelajakda AQSh yadroviy triadasining asosiy elementlaridan biriga aylanishi kerak.

Foto: AQSh Harbiy havo kuchlari
Bugun AQSh Mudofaa vazirligi yangi avlod strategik bombardimonchi B-21 Raider samolyotini namoyish etadi. Taqdimot Toshkent vaqti bilan 3 dekabr soat 05:00da boshlanadi.
Yangi samolyotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq deyarli har bir jarayon o‘ta maxfiylashtirilgan.
So‘nggi marta Qo‘shma Shtatlar yangi bombardimonchi samolyotini 30 yil oldin, sovuq urush davrida namoyish qilgan edi.
Yangi samolyot oddiy va yadroviy qurollarni olib yurishga qodir. Shakl jihatidan u V-2 samolyoti kabi uchburchaksimon bo‘ladi. Uning radarlar uchun «ko‘rinmas» bo‘lib qolish xususiyati ham ancha kuchaytirilgan. Kelajakda B-21 AQSh yadroviy triadasining asosiy elementlaridan biriga aylanishi kerak.
Samolyotning birinchi sinov parvozi 2023 yilda oshirilishi kerak.
B-21 Raider samolyotining narxi 639 million dollarga baholanmoqda. Pentagon kelajakda 50 ga yaqin shunday samolyotga buyurtma bermoqchi. B-21 samolyoti 2025-2027 yillarda Qurolli kuchlar ixtiyoriga berilishi kutilyapti.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025