Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonda dunyodagi eng yirik zavodga aylanadigan mis boyitish zavodi loyihasini amalga oshiryapti
Britaniyaning London Business Matters biznes jurnalida Chimgan Corporation boshqaruvchi direktori Kent Uoltersning «O‘zbekistonda Britaniya biznesi uchun savdo imkoniyatlari» sarlavhali maqolasi bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Maqolada O‘zbekistonda Buyuk Britaniyadan tajriba va kapital jalb qilish uchun katta imkoniyatlar ochilayotgani ta’kidlangan. «Buyuk Britaniyaning John Wood Group plc global konsalting va injiniring kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita yirik loyihani amalga oshirmoqda. Ulardan biri mis boyitish zavodi qurib bitkazilgandan so‘ng dunyodagi eng yirik zavodga aylanadi. Ikkinchi loyiha – qiymati 2,5 milliard dollarlik metanoldan olefingacha bo‘lgan inshoot O‘zbekiston uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha rejalarini amalga oshirishga yordam berishi kutilmoqda».
Muallifning yozishicha, mehmondo‘stlik omili nafaqat britaniyalik sayyohlarni, balki Britaniya texnologiyalari va bilimlarini ham o‘ziga tortadigan yana bir istiqbolli sohadir. «O‘zbekiston insoniyat sivilizatsiyasi eng qadimiy markazlaridan biri sifatida mashhur bo‘lib, tarixiy shaharlari - Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Xiva o‘z me’moriy yodgorliklari bilan YuNeSKO Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Joriy yilda O‘zbekistonga borgan xorijlik sayyohlar soni 2021 yilga nisbatan uch baravarga oshdi».
Maqolada, ta’kidlanganidek, butun dunyo kompaniyalari uchun tobora qulay muhit yaratilayotgan O‘zbekistonda Britaniya biznesi uchun keng iqtisodiy imkoniyatlar mavjud. Buyuk Britaniya mamlakatda ijobiy imijga ega va ko‘plab elita vakillari Britaniya universitetlarida tahsil olgan.
«Men Britaniya biznesi jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonga diqqat bilan e’tibor qaratilishi kerakligiga qat’iy ishonaman», deb yozadi britaniyalik tadbirkor.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
Mavzuga oid

08:37 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Uels mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatishi mumkin

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

10:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi

13:56 / 09.07.2025