Baxmutda zarbalar ostida yashayotgan kishilar, Ukraina bo‘ylab blekaut. Urush suratlari
Ukrainada urushning 292-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlariga videomurojaat qildi va Ukrainaga zamonaviy tanklar va yanada uzoq masofaga harakatlanuvchi reaktiv artilleriya va raketalar taqdim etishni so‘radi.
- Bundan tashqari, Zelenskiy Devid Letterman shousi mehmoni bo‘ldi va uning prezidentligi davrida g‘alabaga erishilishiga ishonch bildirdi.
- Yevroittifoq kengashi 2023 yilda Yevropa tinchlik jamg‘armasi uchun mablag‘larni ikki milliard yevroga oshirishga qaror qildi, shuningdek jamg‘arma mablag‘larini 2027 yilga qadar 5,5 milliard yevroga oshirish ko‘zda tutilgan. Yevropa davlatlarining Ukrainaga yordam uchun xarajatlari ushbu fond mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
- Yevroittifoq TIV rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi bo‘yicha kelisha olishmadi, bu haqda YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel ma’lum qildi. Bu paket Yuriy Kovalchuk, Nikita Mixalkov, Grigoriy Lepsning oila a’zolariga, shuningdek NTV va NTV «Mir», «Rossiya-1» va ReN TV telekanallariga qarshi cheklovlarni ham o‘z ichiga olgan.
- Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi general Vadim Skibitskiy The New York Times uchun intervyusida Rossiya Ukrainaga qarshi 1990 yilda Kiyev Moskvaga topshirgan raketalarni ham qo‘llayotganini aytdi.
- «Interfaks» xabar qilishicha, annexia qilingan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari o‘rinbosari Vitaliy Bulyuk avtomobil portlashi oqibatida yaralangan.
- «DNR» rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari Donetskni so‘nggi bir kunda to‘rt bor artilleriyadan o‘qqa tutganini xabar qildi.
- Kreml Vladimir Putinning 2022 yilgi yirik matbuot anjumani o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.
Quyida 12 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmutdagi qutqaruvchilar ishi


Chris McGrath / Getty Images

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi shifoxonada yarador kishilar
Shahar uchun janglar davom etmoqda, amalda shikastlanmagan bino qolmaganiga qaramay, Baxmutda tinch aholi vakillari yashashda davom etmoqda.

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina shaharlari blekaut vaqtida
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutib, energetika infratuzilmalarini nishonga olmoqda. 10 oktyabr va 23 noyabr kungi eng keng ko‘lamli raketa zarbalari tufayli millionlab ukrainlar kunning ko‘p vaqtini elektr ta’minotisiz o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda. Blekautlar nafaqat aholi yashash kvartallarini, balki shifoxonalar va boshqa kritik darajada muhim obektlarni ham qamrab olmoqda.

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

16:43 / 10.05.2025
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01 / 10.05.2025