Baxmut uchun non yig‘ayotgan ko‘ngillilar, Donbassda o‘qqa tutilayotgan shaharlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 293-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi rossiyalik harbiylarga dronlarga taslim bo‘lishni taklif qildi va buni qanday amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi;
- Buyuk Britaniya Rossiya armiyasi qo‘mondonligi tarkibining 12 nafar vakiliga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. Eronning Mado konserni ham sanksiyalar ostiga tushgan — bu RF armiyasi Ukrainaga hujumlar amalga oshirishda foydalanayotgan Shahed-136 dronlari uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchisidir;
- Belarus mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlikning to‘satdan tekshirilishini e’lon qildi. Ammo Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti hisoblashicha, Belarus yaqin vaqtlar ichida Rossiya yurishiga qo‘shilishi ehtimoli yo‘q;
- NLB guruhining «ukrainaparast» hakerlari «Moskovskaya elektronnaya shkola» ma’lumotlar bazasini buzib kirganini e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqqa uch milliondan ortiq telefon raqamlarini tarqatib yubordi. Moskva axborot texnologiyalari departamenti «e’lon qilingan materiallar haqiqiy foydalanuvchilarga aloqador emasligi»ni ma’lum qildi. Shu bilan birga, «Moskovskaya elektronnaya shkola»ning bir qancha foydalanuvchilari nashr etilgan ma’lumotlar bazasida o‘z ma’lumotlarini uchratishgan;
- Reuters va Britaniyaning RUSI tahlilchilari tekshiruvida ma’lum bo‘lishicha, urush boshlanganidan buyon Rossiya sanksiyalarni aylanib o‘tgan holda Turkiya, Hongkong va Estoniyadagi kompaniyalar orqali elektronika va yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish hajmini oshirgan.
Quyida 13 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmutdagi hayot

Chris McGrath / Getty Images

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Chris McGrath / Getty Images

Chris McGrath / Getty Images

Chris McGrath / Getty Images
Havo trevogasi chog‘ida metroga yashiringan kiyevliklar

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
«LXR» hududida ukrain askarlari jasadlari eksgumatsiyasi
Luhanskdan taxminan 70 kilometr masofadagi Novotoshkovskoye posyolkasida Ukraina qurolli kuchlari qoldirib ketgan pozitsiyani tekshirish chog‘ida sapyorlar va Rossiya IIV politsiyasi kriminalistlari olti nafar ukrain harbiysi jasadini aniqlashdi. Ukraina tomoni bilan kelishuvga ko‘ra, kelgusida jasad qoldiqlari RF qurolli kuchlari va «LXR» Xalq militsiyasi jangchilari jasadlariga almashtirilishi ko‘zda tutilgan.



Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA

Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA

Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA

Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA

Shannon Stapleton / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

16:43 / 10.05.2025
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01 / 10.05.2025