Toshkentda «Damas» bilan to‘qnashgan «Gazel» ag‘darilib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li “Zamona” to‘yxonasi qarshisida “Damas” va “Gazel” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil 16 dekabr kuni soat 06:30 larda Olmazor tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li “Zamona” to‘yxonasi qarshisida haydovchilar: 1983 yilda tug‘ilgan U.U. boshqaruvidagi “Gazel” transport vositasi va 1995 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi “Damas” transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Damas” transport vositasi haydovchisi A.E. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid

01:24
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:33 / 30.04.2025
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

14:22 / 29.04.2025